Shifobaxsh meva-
Shimol- shimol nuqtasi — ufqning toʻrtta asosiy tomonidan biri. Tush chizigʻi bilan haqiqiy ufq doira chizigʻi kesishgan va Shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap tomonda. Sh yoki N (North) harfi bilan belgilanadi.
Shimoliy Amerika materigi- Yerning gʻarbiy yarimshar qismidagi materik, Amerika qitasining shimoliy yarmi. Shim.dan Shim. Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va jan.sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shimolda Merchison burni, gʻarbda Shahzoda Uels burni, sharqda Sent-Charlz burni, janubda Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Maydoni 20,36 mln. kv.km.
Do'stlaringiz bilan baham: |