Sherobod shahri- Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 - yil 29 - sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, janubdan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming kv. km. Aholisi 600 ming kishidan ortiq. Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor. Markazi – Sherobod shahri.
Do'stlaringiz bilan baham: |