Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi



Download 436,66 Kb.
bet211/472
Sana31.12.2021
Hajmi436,66 Kb.
#217103
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   472
Bog'liq
alifbo tartibida

Meteorit-(yunoncha so`z bo`lib „tepadagi“, „osmondagi“ degan ma`noni bildiradi) Yerga tushgan meteorga ataladi. Yerga har yili minglab meteorit tushadi. Ularning og‘irligi grammning bir necha ulushidan tortib bir necha o‘n, hatto yuz tonnacha kelishi mumkin. Meteoritlar qayerga tushsa, odatda, shu yeming nomi bilan ataladi. Meteoritlarning tarkibi oddiy tog‘ jinslarini eslatadi, lekin ayrimlari temirdan iborat bo‘ladi. Yirik meteoritlar juda kam tushadi. Keyingi 100 yil mobaynida yerga ikki marta katta meteorit tushgan, xolos. Shulardan bin — 1908-yil 30-iyunda Rossiyadagi Sibirga tushgan Tungus meteoriti va ikkinchisi — 1947-yil 12-fevralda Vladi­vostok shahri yaqiniga tushgan Sixote-Alin meteoritidir. Insoniyat tarixida tengi yo‘q ulkan meteorit 1908-yil 30-iyunda sokin Sibir o‘rmoniga, toshloq Tunguska daryosining o‘ng sohilidagi Vanovar qishlog‘iga tushgan. Shuning uchun u Tungus meteoriti deb atalgan. Meteorit tushgan joy atrofida 60 kilometr kenglikdagi o‘rmonlar kuyib ketgan. Meteorit tushganda hosil bo‘lgan havo to‘lqinlari bug‘u podalari va evenklarning kulbalarini olis-olislarga uloqtirib tashlagan. Meteorit tushgan joydan 900 kilometr uzoqda joylashgan Irkutsk shahrida meteorit zarbidan yer qimirlagan. Meteorit tushgan paytda 650 kilometr uzoqda yashovchi odamlarga to‘p otilgandek ovoz eshitilgan. Hisoblaming ko‘rsatishicha, Tungus meteoritining yerga urilishi natijasida ro‘y bergan portlash Xirosimaga tashlangan atom bombasining portlashidan 1000 barobar kuchli bo‘lgan.

Metr-(belgilanishi: m; yunoncha metron - o'lchov degan ma`noni bildiradi) — uzunlik o'lchov birligi. Oʻlchov asboblari (masalan, barometr, termometr) hamda metr tizimidagi uzunlik oʻlchovlari (masalan, kilometr, santimetr) ni anglatadi. Metr asosiy o`lchov birligi sifatida butun dunyoda tan olingan. Shuningdek, metr kichik o`lchov birliklari bilan ham ifodalanadi. Masalan, 1 m = 10 dm; 1 m = 100 sm; 1 m = 1000 mm.

Metro-(yunoncha metropolis — bosh shahar, markaz) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin. Metroning yer usti yo`llari dastab Nyu-York, Chikago, Boston, Filadelfiya (AQSh), Gamburg (Germaniya) shaharlarida 20-asr boshlarida qurilgan. Ammo, keyinchalik shaharlarning rivojlanishi tufayli metropoliten asosan, yer ostida quriladigan boʻldi. Metropolitenni yer yuzasida joylashtirish yoʻllarning chetlari, shaharning aholi kam joylashgan qismlarida, odatda, keyinchalik yer osti yoʻllariga aylantirish maqsadida, chuqur oʻyiqlarda amalga oshiriladi. Yer yuzasida joylashgan Metropolitenlarning oddiy temir yoʻllardan farqi ularning elektr energiya bilan taʼminlanish usulidir. Metropolitenlarni yer ostida (tunellarda) joylashtirish eng keng tarqalgan usul boʻlib, ular sayoz (5—10 m chuqurlikda) va chuqur (10—60 m) turlarga boʻlinadi.

Meva-(fructus) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi. Odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Mevsalarning shakli, kattaligi va rangi har xil bo`ladi. Meva bitta tugunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻ-jagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi. Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻstdan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism— meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) mevalar bor. Hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy, sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Mevaning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi. Meva shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. Meva qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning mevalarini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning mevasi xoʻjalikka zarar yetkazadi.


Download 436,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   472




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish