Maysa-
Mebel-(lotincha mobilis — qoʻzgʻaladigan, osongina suriladigan degan ma`noni bildiradi), jihoz — xonalar, istirohat bogʻlari, koʻchalar jihozining asosiy turi. Maishiy (uy-roʻzgʻorda ishlatiladigan), jamoat binolari va joylari (bogʻchayasli, maktab, oʻquv yurtlari, idoralar, teatr, klub, kinoteatr, doʻkonlar, kafe va restoranlar, sanoat binolari va boshqalar) da qoʻllaniladigan xillarga boʻlinadi. Mebel (kursi, xontaxta, javon, belanchak, beshik, stul, stol, shkaf, karavot, divan, sandiq, quti, skameyka, parta va boshqalar) insonning mehnati — mashgʻuloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yogʻochning qattiq turlari (eman, shamshod, yongʻoq, nok, qayin, lipa, tol, terak, kizil daraxt, chinor, qayragʻoch, olxa, shumtol, archa, qaragʻay, tilogʻoch va boshqalar), metall va plastmassadan ishlanadi, novdalardan toʻqiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda koʻp turlarga boʻlinadi, har bir turining ham bir necha xili boʻladi (masalan, stolning ovqat tayyorlash va ovqatlanishda ishlatiladigan, yozuv stoli kabi xillari, javonning kitob terib qoʻyiladigan, korxonada — asbob-uskunalar saqlanadigan xillari bor). Maishiy (uy-roʻzgʻor) da ishlatiladigan mebel yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli mebellari kabi xillarga boʻlinadi. Tuzilishi va texnologik jihatlariga koʻra, mebel joyidan qoʻzgʻalmaydigan va qoʻzgʻaladigan, yigʻma, devorga oʻrnatiladigan va boshqa xillarga boʻlinadi. Mebel xonani, bino ichini badiiy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy sanʼat sohasi ham hisoblanadi.
Mehnat- insonning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi. Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning aqliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat bir qancha turlarga bo`linadi. Aqliy mehnat — insonning tafakkur faoliyati bilan bog`liq. Bunga muhandis, shifokor, agronom, oʻqituvchi, olim va boshqa mehnati misol boʻladi. Jismoniy mehnat — insonning jismoniy faoliyati bilan bog`liq. Bunga ishchi, dehqon, kosib mehnati misol boʻladi. Malakali mehnat maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Malakasiz mehnat maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi, masalan, yuk tashuvchi, farrosh, qorovul mehnati.
Do'stlaringiz bilan baham: |