Ibtidoiy odam-
Ichak- odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir boʻlimidir. Ichak hazm yoʻli boʻlimlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yoʻlining meʼdadan keyin keladigan qismi hisoblanadi. Asosan, sut emizuvchilar ichagi murakkab tuzilgan. Odam ichagi anchagina uzun, 4,5–9 m ga yetadi. U, asosan, qorin boʻshligʻi va qisman kichik chanokda joylashgan. Ichakda ovqat uzluksiz harakatlanib hazm boʻladi, oziq moddalar qonga soʻriladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari najasga aylanadi. Odamda ichak ancha uzun boʻlib, 2 qism: ingichka ichak va yoʻgʻon ichakdan iborat. Odam ichagi qorin boʻshligʻi va kichik chanoqni toʻldirib turadi, jigar va meʼdadan pastda yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |