Daraxt kovagi-
Daraxt- poyasi va shox-shabbasi yaxshi rivojlangan, aniq ko`rinib turadiganko`p yillik o`simlikdir. O`rmonchilikda daraxtlar balandligiga qarab bir necha guruhga bo`linadi. Birinchi yiriklikdagi daraxtlar – 25 m va undan ham baland bo`ladi. Ikkinchi yiriklikdagi daraxtlarning balandligi 15 – 20 m orasida bo`ladi. Uchinchi yiriklikdagi daraxtlarning balandligi 7 -15 m oralig`ida boladi. Past bo`yli daraxtlar bo`yining balandligi 5 – 7 m orasida bo`ladi. Darxtlar tabiatda juda muhim ahamiyatga ega. Daraxt barglari karbonat angidridni yutib, kislorod chiqaradi. Daraxtlar qurilishda, qog`oz sanoatida, mebelchilikda muhim material hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |