Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi



Download 436,66 Kb.
bet50/472
Sana31.12.2021
Hajmi436,66 Kb.
#217103
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   472
Bog'liq
alifbo tartibida

Bug`doy boshog`i-

Bug`doy-(Triticum) eng muhim oziq-ovqat o`simligi. Yer yuzida eng ko`p ekiladigan o`simlikdir. Bug`doy donidan un olinadi. Tegirmonda tortilganidan keyin qolgan qoldig`i chorva mollari uchun yer bo`ladi. Bug`doyning poyasi 40-130 sm gacha o`sadi. Bargi poyani nayga o`xshab o`rab oladi, lentasimon shaklda bo`ladi. Uning mevasi don bo`lib, rangi naviga bog`liq bo`ladi.aksariyat navlarda jigarrang tusda bo`ladi. Bug`doyning poxoli, somoni mollarga ozuqa, to`shama va qurilish materiali bo`ladi. Somonidan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi. Bug`doyning 20 dan ortiq turi bo`lib, yovvoyi turlari ham uchraydi. Bug`doyning yumshoq va qattiq turi eng ko`p tarqalgan. Bug`doy iqlimga qarab bahor va kuzda ekiladi. Bug`doy unidan tayyorlangan mahsulotlar juda to`yimli bo`ladi.

Bug`u- juda chiroyli, ixcham va shoxdor hayvon. Deyarli barcha zonalarda bug`ularning biror turi uchraydi. Turli xil o`tlar, o`simliklar bialn oziqlanadi. Shimol bug`usining gavdasi va bo`yni ancha uzun, lekin oyoqlari nisbatan kalta bo`ladi. Asosan shimoliy hududlarda yashaydi. Erkagi ham urg`ochisi ham shoxli bo`ladi. Qo`lga o`rgatilganlari ham o`zi ovqat topib yeydi. Podada urg`ochi bug`u va bolalari bo`ladi. Erkagi esa alohida yashaydi. Chipor bug`u bug`ularning eng chiroylilaridan biri bo`lib, uzunligi 180 sm gacha, bo`yi 110-120 sm gacha, og`irligi 100-130 kg bo`ladi. Xitoyda, Yaponiyada, Kavkazda, Uralda,Vetnam va boshqa joylarda aralash o`rmonlarda yashaydi. Rangi yozda oq xollar aralashgan och malla chipor bo`lib, yelkasida qora yo`li bor. Buxoro bug`usi asil bug`ular qatoriga kirib, uzunligi 80-90 sm, bo`yi 55-60 sm, vazni 75-100 kg bo`ladi. Erkagi shoxli, shoxida 5 tagacha butoqlari bor. Amudaryo bo`yidagi to`qaylarda, Eron, Afg`oniston va boshqa joylarda uchraydi. Hozir kamayib ketgan.

Bulbul-(Luscinia)chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush. Uning 6 turi bor: sharq bulbuli va gʻarb bulbuli tarqalgan. Ular faqat qanotining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bulbulning rangi koʻrimsiz, usti qoʻngʻir va toʻq mallarang , qorni oqish, nari bilan modasining rangi bir xil, boʻyi 20 sm gacha boʻladi. Sharq bulbuli Sharqiy Yevropa va Osiyoning bir qismida tarqalgan. Qishlash uchun Gʻarbiy Afrikaga uchib ketadi. Oʻzbekistonga bahor (aprel-may)da uchib kelib, kuz (avgust-sentabr)da uchib ketadi. Gʻarb bulbuli Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron va Afgʻonistondan to Oltoyga qadar tarqalgan. Oʻzbekistonda ham koʻp uchraydi, u suvga yaqin butazor, oʻrmon, toʻqay kabi nam yerlarda yashaydi. Xatto, katta shaharlarda park va bogʻlardagi daraxtlarga uya solib, tuxum qoʻyadi. Gʻarb bulbuli tropik Afrika, Hindiston va Arabistonda qishlaydi. Oʻzbekistonga bahorda (aprelning oxirida) uchib keladi. Narlari uchib kelishi bilan to joʻjalari tuxumdan chiqqunga qadar, ayniqsa joʻjalari tuxumdan chiqadigan vaqtda koʻp va baland ovoz bilan sayraydi. Joʻjalari uchirma boʻlgandan keyin (iyunda) sayrashdan toʻxtaydi. Bulbul qafasda ham sayraydi. Sharq bulbuli gʻarb bulbuliga qaraganda baland va yoqimli sayraydi. Bulbul uyasini daraxt va butalarga soladi. 4—6 dona tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi bosadi. Bolasi tuxumdan 13—14 kunda chiqadi. Bolalarni boqishda pari ishtirok etadi. Bulbul hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanib, foyda keltiradi.

Buloq- yer ostida to`plangan suvning tabiiy holatda yer yuzasiga chiqib turadigan joylari buloqlar deyiladi. Buloqlarni Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida chashma deb ham aytiladi, arablar esa ayn deyishadi. Lotin tilida fontan atamasi ham dastlab buloqni anglatgan. Ularni dunyoning barcha qit`alarida, hatto dengiz va okean tublarida ham ko`plab uchratish mumkin. Ayniqsa, Farg`ona, Zarafshon va Qashqadaryo viloyatlaridagi tog` oldi tumanlarida juda ko`p uchraydi. Buloqning ikki turi mavjud: qaynar buoq va sokin buoq. Buloq suvlari yil davomida mavsumga qarab ba`zan ko`payishi, ba`zan kamayishi mumkin. Tog` yonbag`riga yog`gan qor va yomg`ir suvlarining bir qismi yerga shimilib, tog` jinslarining suv o`tkazmaydigan qatlamlari orasida to`planadi va relyefning pastroq joylaridan o`ziga yo`l topib, tog` yonbag`irlari, adirlar, jarlik va soy yonbag`irlaridan yer yuzasiga chiqadi. Buloqlarning paydo boi`lish yo`llarini bundan qariyb 1000 yil avval buyuk olim Abu Rayhon Beruniy o`z asarlarida yozib qoldirgan. Buloqlardan ko`pincha jilg`a, soy va hatto daryolar ham boshlanadi. Ulardan suv olgan daryolar ko`pincha Qorasuv(Qoradaryo) deb ataladi. Sababi suvi tiniq bo`ladi, o`zan tubi sayoz joylarida ko`rinib turadi. Bir-biriga yaqin joylashgan buloqlar o`sha joyning nomiga aylanib ketgan hollar ham uchraydi. Buloqlar haroratiga ko`ra issiq suvli (Tojikistondagi mashhur Obigarm bulog`, Farg`ona viloyatining Buvayda tumanidagi buloq) va sovuq suvli, suv tarkibiga ko`ra minerallashgan va oddiy chuchuk suvli bo`ladi. Mineral buloqlar shifobaxsh hisoblanadi. Shunday buloqlar shifoxonalar qurilgan.


Download 436,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   472




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish