Volfram-
Vostok-1- Yer atrofidagi orbitada uchish uchun sobiq Ittifoqda yaratilgan bir kishilik kosmik kema (KK)lar nomi. "Vostok-1"da 1961-yil 12-aprelda kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin dunyoda birinchi marta kosmosga parvoz qildi. Kosmik kema Boyqonur kosmodromidan uchirildi. Yer atrofini bir marta aylanib, Yerga qoʻndirildi. "Vostok-1" kosmik kemasi sfera shakldagi qoʻndiriladigan apparat (bu qism ayni vaqtda kosmonavt kabinasi ham hisoblanadi), bort apparatlari va tormozlaydigan harakat qurilmasi joylashtirilgan qismlardan iborat bo`lgan. Kosmik kema oxirgi bosqichining uchiruvchi raketa bilan birga umumiy ogʻirligi 6,17 t, uzunligi 7,35 m, uchiruvchi raketasiz sof ogʻirligi 4,73 t, qoʻndiriladigan apparatning ogʻirligi 2,4 t va diametri 2,3 m bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |