Sulton Uvays tog` tizmasi- Qoraqalpogʻistondagi togʻ tizmasi. Qizilqumning shimoli-gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan. Kenglik boʻylab 40–45 km masofaga choʻzilgan, eni 10–15 km. Togʻ unchalik baland emas, atrofdagi tekislikdan 350–400 m koʻtarilib turadi. Eng baland joylari: Qorachingʻil (485 m), Achchiktogʻ (473 m). Janubiy yon bagʻri nisbatan tikroq. Gʻarbiy qismi bir qancha tepaliklarga (Shayxjali, Quyonchiq, Zangibobo, Jumurtogʻ) boʻlingan. Yiliga 80–100 mm yogʻin tushadi. Tog`da doimiy oqar suvlar yoʻq. Uzunligi 5–12 km li quruq soylar (Jamansoy, Qizilsoy, Kazansoy, Sultonbobosoy, Kaxralsoy, Aximbeddinsoy)da faqat yogʻingarchilik vaqtida suv oqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |