Sirdaryo viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozog`iston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va g`arbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming kv.km. Aholisi 668 kishidan ortiq. Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Do`stlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi — Guliston shahri.
Sirdaryo-Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryodan keyingi eng sersuv daryo hisoblanadi. Oʻzbekistondagi eng katta ikki daryolaridan biri. Sirdaryo Oʻzbekistonning shimoliy chegarasidan oqib oʻtib, Orol dengiziga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |