Shira-
Shira bitlari-
Shirbaliq (sudak)- slalar (Lucioperca) — olabugʻasimonlar oilasiga mansub baliqlarning bir urugʻi. Sudakning 5 turi maʼlum. Gavdasining uzunligi 130 sm cha, vazni 20 kg gacha bo`ladi. Oddiy sudak xoʻjalik ahamiyatiga ega. Orqasi yashilkulrang , ikki yonida 8—12 ta qoʻngʻirqora yoʻllari bor. Yelka va dum suzgichlarida qora dogʻlari boʻladi, boshqa suzgichlari sargʻish tusda. Erkagi suv tubida uya yasab, shu uyada urg`ochisi tashlagan uvildiriqni qoʻriqlaydi. Baliq va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo suv havzalarida, jumladan, Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi va baʼzi daryolarda tarqalgan. Issiqkoʻl, Balxash va boshqa suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Orol dengizida urchish uchun mart — aprel oylarida qirgʻoqqa keladi. Sirdaryo va Amudaryoga ham oʻtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |