Sabzovot- o`tsimon o`simlik bo`lib, uning biror sersuv qismi, masalan, sabzi, turp, sholg`onning ildizmevasi; karam va salat barglari: gulkaramning g`unchasi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi yangiligida yoki qayta ishlangan holda iste`mol qilinadi. Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. Sabzavot odam sog`lig`I uchun juda foydali. Bundan tashqari sabzavotlar kasalliklarga ham davo.
Sachratqi- begona o`t sifatida hamma joyda uchraydi. Ildiz va bargini salat sifatida ishlatish uchun alohida ekiladi. Ildizidan tayyorlangan mahsulot tabiiy kofega hamda meva chioyiga qo`shib ishlatiladi. Salat tayyorlash uchun uning serbarg turi ekiladi. Bu tur yovvoyi holda uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |