Paxta yog`i-
Paxtakor shahri- Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi shahar (1974-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax)dan 28 km uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda Paxtakor shahrida 19,5 mingdan ortiq aholi istiqpmat qilmoqda. Ular, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgiz, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar Janubiy Mirzachoʻl kanalidan suv oladi. Paxtakorda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, maʼmuriy muassasalar va qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qoʻshma korxona va xususiy firmalar, bozor, umumiy taʼlim maktablari, internat maktab, litsey, kasb-hunar kolleji bor. Ulugʻbek nomidagi madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, bolalar sport majmuasi, markaziy stadion, bolalar sport maktabi, boks va kurash maktabi, yopiq suzish havzasi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, bolalar poliklinikasi aholiga xizmat koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |