Oziqlanish zanjiri-
Oziq-ovqat- yoki ozuqa, taom, yemak deb organizm hayotini quvvatlash uchun isteʼmol qilinadigan har qanday moddaga aytiladi. Organik ozuqa uglevod, yogʻ, suv va yoki oqsillar qorishimidan iborat boʻladi. Oziq-ovqat shuningdek foydali mineral va vitaminlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Hayot shakllari faoliyatining katta qismi yemak topish va uni yeyish-ichish atrofida aylanadi. Odamlar ovqatga erishish yoʻlida ovchilik, terib-termachilik, ziroat, baliqchilik, yilqichilik kabi keng koʻlamli sohalarni boshlab, davom ettirib kelishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |