Namuna-
Narpay kanali-Zarafshon vodiysidagi qadimiy va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Sugʻorish maydoni 42,2 ming gektarga teng. Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming gektar, Paxtachi tuma-nida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming gektar, undan quyiroqda 1,7 ming gektar yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoqlari etaklari boʻylab oʻtgan. Uning 370 shoxobchasi bor. 1929-yilgacha uning uzunligi 30 km boʻlgan. 1929-1932-yillardagi qayta ta`mirlashda uzaytirildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950-yilda Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |