Halqa-
Hammaxo`r qush-
Handalak-(Mespapdaak) — qovoqdoshlar oilasiga mansub eng ertapishar qovun turi. Oʻzbekistonda handalakning Koʻkcha handalak, sariq handalak, Zamcha, Koʻk Kallapoʻsh, Bosvoldi, Obi Novvot va boshqa navtari koʻp ekiladi. Koʻkcha handalak-14 navining shakli yalpoq, kichik, ogʻirligi 0,7 — 2,5 kg . Yuzasi silliq yoki bilinar-bilinmas tilimli. Toʻri toʻliq. Toʻni enli (1,5 sm) qoramtir-yashil tasma koʻrinishida. Mevasi pishish arafasida yashil, pishganda sariq rangda boʻladi. Uzoq joylarga tashishga chidamsiz. 1946-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan. Sariq handalakning shakli biroz yalpoq, oʻrtacha kattalikda, ogʻirligi 1,2—2,3 kg. Yuzasi qisman tilimli, toʻri toʻliq, mayda katakli. Rangi sariq. Poʻsti yarim qattiq, eti sargʻish-oq, qalinligi 3,5—4 sm, tigʻiz, yumshoq, biroz shirinroq, hidli. Niholi unib chiqqanidan soʻng mevasi 60—65 kunda pishadi.
Harorat- (Temperatura) (lotincha temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat degan ma`noni bildiradi) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik. Harorat - bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning xarakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va boshqalar sifatida ta'sir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan o'zaro bog'liqdir. Haroratni o'lchashda termometr, termopara, optik pirometr va boshqalar ishlatiladi.
Hashar- oʻzbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Asosan, tezkorlik bilan bajarish zarur boʻlgan ishlar (hosilni zudlik bilan yigʻib olish) va katta mehnat talab inshootlarni bunyod etish (kanal qazish, yoʻl va koʻpriklar qurish)da qoʻllangan. Hashar ariq qazish, imorat qurish kabi ishlarda bir necha kun ham davom etgan. Masalan, Oʻzbekistondagi Katta Fargʻona kanali umumxalq hashari vositasida bunyod etilgan. 1966-yil 26-aprelda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatlari ham umumxalq hashari orqali tugatilgan. Oʻzbekiston istiqlolidan soʻng hashar yangicha mazmun kasb etib, Roʻza va Qurbon hayitlari, Navroʻz, Mustaqillik bayramlari yoki muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hashari oʻtkazish anʼanaga aylandi.
Hasharot- (Insecta) - mayda jonzotlardir. Yer sharida hasharotlarning 1,5 millionga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. Hasharotlar tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 smgacha bo`ladi. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi organi) hamda ogʻiz joylashgan. Tabiatda hasharotlar turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan. Ayniqsa sernam yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. Hasharotlar xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda muhim ahamiyatga ega. Hasharotlarning juda koʻp turlari oʻsimliklar zararkunandalaridir. Ba`zi turlari hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar qimmatbaho mahsulot beradi. Ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa manbai.
Do'stlaringiz bilan baham: |