Inson taraqqiyoti tushunchasi Inson taraqqiyoti indeksi va uning tarkibiy qismlari



Download 21,61 Kb.
Sana28.06.2021
Hajmi21,61 Kb.
#103522
Bog'liq
inson taraqqiyoti


Reja


  1. Inson taraqqiyoti tushunchasi

  2. Inson taraqqiyoti indeksi va uning tarkibiy qismlari

  3. BMT ning mingyillik rivojlanish maqsadlari

Hozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo’llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag’ishlangan Ma’ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko’ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Odamlarning sifatli ta’lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o’rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo’lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya’ni qaysi mamlakat o’z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo’lsa, o’sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to’kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o’rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi – bu uning odamlaridir”, degan asosiy g’oyani targ’ib qiladi.

1990 – yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko’rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o’rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o’lchoviga ko’ra aniqanadigan bo’ldi:

Kutiladigan yashash davomiyligi ko’rsatkichi o’zida mamlakat sog’liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotning holatini ma’lum darajada aks ettiradi.

Ta’lim darajasi ko’rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limga jalb qilish holatini o’zida ifoda etib, mamlakat ta’lim tizimining qay tarzda ekanligini ko’rsatib beradi.

Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko’rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko’rsatadi.

Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o’zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko’rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2004 yil O’zbekistonda inson taraqqiyoti ko’rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan:

Ta’lim ko’rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta’lim sohasi butundunyo o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o’rindan joy olgan.

Kutiladigan o’rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo’lib, dunyo mamlakatlari bo’yicha 112 – o’rinda turgan.

Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko’rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o’rinni egallagan.

Lekin so’nggi ma’lumotlarga asosan, mamlakatda YaIM o’sish darajasi 2007 – yilda 9,5%ni tashkil etgan. Bunday o’sishga fuqarolarning, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining yashash darajasi tobora yaxshilanayotganligi sabab bo’lmoqda.

Shunday qilib, hozirda O’zbekiston inson taraqqiyoti o’rtacha bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olgan. Keyingi yillarda hukumatimiz va BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida inson taraqqiyoti konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O’zbekistonda o’tgan yillar davomida inson taraqqiyotiga qaratilgan jami 9ta milliy ma’ruza e’lon qilindi:

Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil)

Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti (1996 – yil)

Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 – yil)

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazishdagi roli (1998 – yil)

O’zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o’tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 – yil)

Kichik va o’rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 – yil)

Markazsizlashtirish va inson taraqqiyoti (2005 – yil)

Salomatlik barcha uchun: O’zbekistonning yangi mingyillikdagi asosiy maqsadi (2006-yil)

O’zbekistonda ta’lim: talab va taklif mutanosibligi (2007-2008 yillar)

O’tgan davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, ma’ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o’z aksini topayotganligini ko’ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ’ib qilishga yo’naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasidir. Hozirgi kunda o’qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo’llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo’lgan strategiya haqida talabalar va o’qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.

Joriy yilning 25 avgust kuni BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi ushbu loyiha doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan o’zaro hamkorlik haqida memorandum imzoladi. Mazkur tadbir ikkala tomon rahbarlari hamda inson taraqqiyoti konsepsiyasining nazariy va amaliy asoslari bo’yicha talabalarni o’qitishga bevosita jalb etilgan professor-o’qituvchilar, shuningdek OAV vakillari ishtirokida universitet binosida tashkil etildi.

O’zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzolash chog’ida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Erjan Murat quyidagi fikrlarni bildirdi: “Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashim kerakki, O’zbekiston Qozog’iston, Ozarbayjon, Rossiya, Belorusiya kabi davlatlar qatori ushbu o’quv dasturini joriy etish ishtirokchisiga aylandi. Bu tashabbuslarimizni amalga oshirishda asosiy milliy hamkor sifatida aynan JIDUni tanlashimiz strategik jihatdan asoslangan. JIDU O’zbekistonda ta’lim rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Universitetingiz bitiruvchilarining juda yuqori malakali mutaxassis bo’lib, davlat vazifalarida ishlayotganligini kuzatish mumkin”.

Shuni ta’kidlash o’rinliki, JIDU magistratura bosqichining o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” nomli o’quv kursining sinov tariqasida kiritilganligi ushbu memorandumning imzolanishiga turtki bo’ldi. O’tkazilgan kurs nafaqat talabalar, balki o’qituvchilarda ham ijobiy taassurot qoldirdi. 35 nafardan ortiq talabalar o’quv yili mobaynida mazkur kursni tinglashdi va kursni yanada takomillashtrish yuzasidan o’z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.



JIDU rektori Hamidulla Karamatov joriy etilgan o’quv dasturining ahamiyati va o’zaro hamkorlik haqida shunday mulohazalarni bildirdi: “Eng yaxshi sarmoya – bu yoshlar uchun sarmoya kiritishdir. Shu nuqtai nazardan ushbu loyihaga nisbatan bizning talabalarimizga, bizning farzandlarimizga ko’rsatilayotgan yordam sifatida qaraymiz. Men umid qilamanki, talabalarimiz 2- sentabrdan o’quv xonalariga kirgach, bunday yangiliklardan ularning chaqnoq ko’zlari yanada katta-katta ochiladi. O’ylaymanki, shuning o’zi BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasiga, menga va barcha hamkasblarimiz uchun aytilgan “katta rahmat” bo’ladi. Aynan shuning uchun yashasak va mehnat qilsak arziydi”.

Shuningdek 26-29 avgust kunlari mobaynida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi Majlislar zalida “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muaassalari imkoniyatlarini kuchaytirish” loyihasi doirasida maxsus trening o’tkazildi. Unda poytaxtimizda joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi nufuzli oliy o’quv yurtlarida asosan iqtisodiy yo’nalishda ta’lim beradigan o’qituvchilar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Moskva davlat universiteti malakali o’qituvchilaridan Vladimir Echenike va Tatyana Razumova, BMTTDning inson taraqqiyoti masalalari bo’yicha koordinatori Yelena Danilova, BMTTD milliy koordinatori Aleksey Volkov va boshqa mutaxassislar trening ishtirokchilariga inson taraqqiyoti konsepsiyasining ahamiyati, uning muhim jihatlari va omilari bilan tanishtirishdi. Bundan tashqari o’qituvchilarga o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” kursining kiritilishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Trening so’nggida ma’ruzalar yuzasidan test topshirildi va ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi
Download 21,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish