Inson resurslarini boshqarish



Download 1,07 Mb.
bet15/27
Sana04.02.2022
Hajmi1,07 Mb.
#430782
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Hisobot 1

Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi.
Odatda, bank xarajatlarini quyidagicha tasniflanadi:

    1. Operatsion xarajatlar:

      1. foizli xarajatlar

      2. komission xarajatlar

      3. moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar

      4. boshqa operatsion xarajatlar.

      5. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi bo‘yicha xara- jatlar.

      6. Boshqa xarajatlar

Bank operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mum- kin. Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bankning xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish korxonasinikiga nisba- tan boshqacha bo‘ladi. Bankda xomashyo va materiallarga katta xarajatlar yo‘q, ekspluatatsiya va asosiy vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik katta emas, hattoki ish haqiga to‘lov ham bank xarajatlarining umu- miy summasida katta ulushga ega emas. Bank xarajatlari strukturasi ko‘proq savdo-vositachilik korxonalari xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablag‘larni joylashtirishdan daromad olish uchun, avvalo, bu mablag‘larni jalb qilish kerak. Kredit va qo‘yilmalarning bir qismi bankning o‘z mablag‘lari hiso- bidan amalga oshiriladi, kredit resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil qiladi. Jalb qilingan mablag‘larga esa bank foiz to‘lashi kerak. Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilingan mablag‘lar xarajatlari tashkil qiladi. Bu to‘lovlar foiz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foizli deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda foizli xarajat- larining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70%ini tashkil etishi mumkin. Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklararo kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, banklar yuridik shaxslar de- pozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifikatlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va natijada bank foydasi ko‘payadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan o‘sishi, bank- ning kredit resurslarini oladigan bozor kon’yukturasining yaxshimasligidan yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganligidan dalo- lat beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol o‘rtacha hisoblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xarajatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun yetuk hisoblanadi.
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni alohida guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan qimmatliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha daromadlar oladi (qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutalari, qimmatli metallar va boshqalar) xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun ketgan sarflar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib olayotganida yig‘ilgan kuponli daromadlarni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Kuponsiz qimmatli qog‘ozlar odatda, diskont bilan sotib olinadi. Moliya bozori kon’yukturasi yomonlashganda, qimmatbaho qog‘ozlar, chet el valyutasi va boshqa mulklarni qayta baholash natijasida, bank anchagina xarajatlar ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar: oborotdan har xil soliqlar (Masalan: chet el valyutasini sotib olishga soliqlar), mijozlar to‘lovlari bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlar va boshqalar. Bu xarajatlari boshqa operatsion xarajatlar deyishadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar. Bankni funksionallashti- rishni ta’minlash bilan bog‘liq, ammo aniq operatsiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bormaydigan xarajatlar bu guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri yoki shartli-doimiy xarajatlar deyiladi.
Aktivlari hajmi kichik va o‘rta bo‘lgan banklarda bu xarajatlar summasi unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joylashtirilgan resurslari hajmi katta bo‘lgan yirik banklarda, bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar umu- miy xarajatlarning 10-12% ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Personalga xarajatlar (ish haqi, premiya, moddiy yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish bo‘yicha xarajatlar, mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar);

  2. Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, binolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni qo‘riqlashga xarajatlar va boshqalar);

  3. Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajatlar (sotib olish, remont, bank uskunalarini xizmati va asranganligi: kompyuter, mebel, qo‘riq signalizatsiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektorlari va boshqalar);

  4. Reklamaga xarajatlar;

  5. Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar (vaqti-vaqti bi- lan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing izlanishlariga xarajatlar);

  6. Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini o‘tkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga to‘lovlar va boshqalar);

  7. Transport xarajatlari;

  8. Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa xarajatlar (auditorlik tek- shiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yig‘ilishini tashkil etishga, notarial va yu- ridik xizmatlarga to‘lovlar).

Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni har xil mezonlar bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (asosiy vositalarni sotib olish);

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlar;

  • chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga oshirilgan xara- jatlar;

  • me’yoriy va nome’yoriy xarajatlar.

Me’yoriy xarajatlarga komandirovka, reklama, kadrlarni tayyorlash va boshqa ayrim xarajatlar kiradi. Bu yerda qonunda ko‘rsatilgan me’yorlar doirasidagi xarajatlar summasi ko‘zda tutiladi.
Bank O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respub- likasi Aholini ish bilan ta’minlash davlat fondiga, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sug‘urta fondiga qonunlarga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy ajrat- malar, jumladan, bank to‘lovlarini amalga oshiradilar. Bank nodavlat pen- siya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa tur- lari uchun o‘tkazgan ajratmalari, qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank xodimlarini davlat sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham bankning foizsiz xarajatlariga kiradi.
Tijorat banklari foydasini tahlil qilganda, daromadlari xarajatlari turlari hamda tarkibiga e’tibor qaratiladi. Eng avvalo, hisobot davridagi olingan haqiqiy foyda summasi reja bilan taqqoslanib, undan ko‘p yoki kam ekanligi aniqlanadi va farqlar sabablari o‘rganiladi.Bank foydasini shakllantiruvchi daromad, xarajatlar tarkibi o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi.
Shu o’rinda Xalqbank ATB ning daromad va xarajatlarini ko’rib chiqamiz.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish