O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“INSON RESURSLARINI BOSHQARISH” FAKULTETI
5A231601 «Inson resurslarini boshqarish» yo‘nalishi
Bajardi: Shamirzayev Shahrux
Tekshirdi: dots.B.B.Raxmatov
Samarqand 2021
Samarqand Davlat Universiteti Inson resurslarini boshqarish fakulteti “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi magistranti Shamirzayev Shahruxning 1-kurs 2-semestrdagi “Mehnatni tashkil etish va normalash” fanida amaliy mashg‘ulotlarni o‘taganligi haqida ilmiy pedagogik ish
HISOBOTI
Pedagogik ish jarayonini men prof.N.U.Arabov, dots.B.U.Bozorov va dots.B.B.Raxmatovlar bilan bevosita hamkorlik asosida olib bordim.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar avvalambor yurtimiz aholisi yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdan iborat bo‘lishi bilan bir qatorda yuksak saviyali kadrlar bilan ta’minlash hamdir. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar tasdig‘i “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan ham ko‘rish mumkin.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash va mustahkamlashga katta e’tibor berish zarurligi o’qtiriladi. Chunki, bu tadbir talabalar bilim saviyasini, ma’naviy barkamolligi va har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishda muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifani amalga oshirishda ilmiy pedagogik ish katta rol o‘ynaydi.
Men iqtisodiyot va biznes fakultetining “Iqtisodiyot va tadbirkorlik” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatlarini bevosita o‘rganib, dars jarayonlarini kuzatib bordim. Ular rahbarligida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazdim. Shuningdek, fakultet va kafedraning tashkiliy va me’yoriy hujjatlari bilan tanishdim.
Men belgilangan vaqt mobaynida kafedra tomonidan ajratilgan o‘quv soatlarini “Mehnatni tashkil etish va normalash” fanidan 1-kurs talabalariga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlar o‘tdim hamda kafedra yuklatgan boshqa topshiriqlarni ham o‘z vaqtida bajarib bordim.
Men pedagogik amaliyot o‘tash jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilaridan dars qanday samarali tashkil qilish, talabalar diqqatini jalb qilish va ularni fanga qiziqishini yanada oshirish uchun pedagog qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligini o‘rgandim. Shu bilan bir qatorda amaliyot davomida Iqtisodiyot va biznes fakulteti to’rtinch bosqich talabalariga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarni o‘tib yanada pedagogik uslublarni chuqurroq egalladim. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarni o‘tishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini mustaqil bayon etish, jamoa bilan ishlash kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga harakat qildim.
Mehnatni tashkil etish va normalash fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘tishda turli xil yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib bordim. Ulardan: blits-so‘rov, klaster, muammoli vaziyat, keys-stadi interfaol metodlardan foydalandim, mavzuga oid turli xil testlar hamda turli xil qiziqarli o‘yinlarni seminar darsida qo‘ladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |