Inson qadrini ulug‘lash



Download 15,49 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi15,49 Kb.
#402115
Bog'liq
Jalolxon Isroilov Insho


INSON QADRINI ULUG‘LASH

Reja:


I. Kirish. Yangi O‘zbekistonni qurishda inson omili.

II. Asosiy qism:

1. Erkin va farovon fuqarolik jamiyati sari.

2. Qonun ustuvorligi har narsadan ustun.

3. Ijtimoiy-iqdisodiy siyosatda fuqarolarning o‘rni.

4. Ma‘naviyatli xalqning kelajagi buyuk.

III. Xulosa. Yuksak taraqqiyot tamoyillari inson qadri uchun.

Qadimdan davlatchlik tarixiga nazar solsak, yurtimiz tuprog‘ida juda ko‘plab siz-u biz bilgan va bilmagan davlatlar hukmronlik qilgan. Davlat barpo etish shakli sharq moziyidan ko‘rinadiki, markazlashgan Temuriylar davlati siymosi yanglig‘ mustaqil qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston istiqlolni boshida baland tutgan holda odimlab bormoqda. Mamlakatimiz tayanchi bo‘lgan yoshlar fuqarolarning aksariyat qismini tashkil qilishi kishi shijoatini yanada oshiradi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va xalq manfaatlari yo‘lida qilinayotgan ishlar ko‘lami dunyo minbarlarida ham e’tirof etilmoqda. Fuqarolar ongida mustaqil O‘zbekistonda davlat idoralari xalq uchun xizmat qilish jarayoni 2016-yilning dekabarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev prezident bo‘lib saylangan ilk davrlardanoq boshlandi. "Xalq qabulxonasi" degan tuzilmaning joriy qilinishi mamlakat siyosiy tarixida hech kutilmagan jarayon bo‘ldi. Davlatni rivojlantirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar o‘z samarasini berishni boshladi. Ijtimoiy hayotidan rozi odamlar endi o‘z-o‘zini band qilish orqali mamlakat rivojiga hissa qo‘shishayapti. Xalq hayotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida o‘rin egallashi odamlarning turmush darajasi farovonligini oshirmoqda. Davlat bosh islohotchi sifatida amalga oshirayotgan va ko‘lami keng islohotlarning adadi va qamrovi tobora kengaymoqda. Birgina elektr tarmog‘i haqida aytadiganlarim talaygina. Chunki aynan mana shu elektr inson ehtiyojidagi muhim resurslar ichida eng birinchi o‘rinlarda turadi. Men aniq eslaymanki, yurtboshimizning qat‘iy qarorlari asosida mamlakatimizning eng chekka joylaridagi aholi vakillari ham elektr bilan ta‘minlandi. Avval ham elektr tarmog‘i uchun simlar bo‘lgan, lekin u simlarda elektr tokidan asar ham yo‘q edi.

Inson omili uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni ta‘limsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yurtimizda qadimdan olimlarning har doim har sohada chiqqanligi bejiz emas. Aslida, har bir ota-ona o‘z farzandining barkamol ulg‘ayishida yuqori sifatli ta‘lim olishini xohlaydi. Bu jarayonlarda esa, hozirgi zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, maktabgacha ta‘lim asosiy o‘rin egallaydi. Sharq-u g‘arbning yetuk olimlari tadqiqotlari shuni ko‘rsatayaptiki, bola eng asosiy bilim va axborotlarni 3 yoshdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davrda qabul qiladi. Til o‘rganish va onglilik darajasi ham yuqori bo‘ladi. Davlatimiz rahbari ta‘lim islohotini bog‘chadan boshlashimiz kerakligini har doim ta‘kidlashlari bejiz emas. Shuningdek, xalq ta‘limi va oliy ta‘lim tizimida ham sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Mavzuga diqqat bilan nazar solsangiz, Oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlar yo‘qotilganligi hamda Oliy ma‘lumot beradigan yangi institut va universetitlarning ochilganligi hamda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 35 ta Oliy ta’lim muassasasiga iqtisodiy erkinlik berilganligi ham xalq manfaatlari yo‘lida qilingan eng muhim qarorlardan biri bo‘ldi.

Erkinlik har bir davlatda fuqarolarning yashash tarzlari inson qadri uchun eng muhimi ekanligi va bu jarayonda erkin va farovon jamiyat uchun eng keraklisi ham aynan erkinlikdir. G‘arbing eng mashhur huquqshunos olimlaridan biri bo‘lgan Jon Lokk insonning hayot tarzidagi huquqlar borasidagi erkinlik haqida juda ko‘plab mazmunli fikrlarni bayon etgan. Erkinlik deyilganda, yashash huquqidan tashqari, eng muhimi mulkka egalik tamoyili haqida gap boradi. Bu holat esa, yurtimiz fuqarolarining tobora rivojlanishida ildamlayotgan jamiyatimiz hayotida ajralmas bir bo‘lakka aylandi.

Yoshlarimizning huquqiy ongini oshirish orqali ijtimoiy adolatni qaror toptirish davlatimiz rahbarining bosh ustuvor pirovard maqsadlaridandir. Faol ijtimoiy siyosatda ham, avvalo, davlat mexanizimida faoliyat yuritayotgan hokimiyat tuzilmalaridan tortib, vazirlik idoralarigacha xalq xizmatlari uchun doim eshigi ochiq holatda ishlash tartibiga o‘tganligi va islohotlar kesimida Davlat Xizmatlari yagona darchasining tashkil etilganligi ham fuqarolarimiz uchun qulay sharoitlarni yaratdi.

Inson qadrini ulug‘lash haqida gap ketar ekan, donishmand xalqimiz, avvalo, o‘z yurtboshisini to‘g‘ri saylab olganligi bilan izohlanadi. Dastlab, o‘tgan 5 yillikda, ya‘ni 2017-2021-yillarda tub islohotlar davri bo‘ldi va bu jarayon rivojlanishning shu yillarga mo‘ljallangan "Harakatlar Strategiyasi"da o‘z tasdig‘ini topdi va tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Zamona zayli shu darajada shiddat bilan ketayptiki, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘i vaqt bilan hamohang tarzda ketayotganday go‘yo. Faol ijtimoiy siyosat orqali dastlab eng yaqin qo‘shnilar bilan chegaralar borasidagi barcha muammolar hal qilindi. Etnik tarafdan o‘zaro qarindosh bo‘lgan bir millat-u lekin ikki yurt fuqarosi bo‘lgan kishilar ham erkin bo‘lishdi. Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha bir qancha davomli ishlar amalga oshirilayapti.



Xalqparvar davlat tuzilmasini yanada yuksaltirishda milliiy iqtisodiyotni rivojlantirish eng to‘g‘ri yo‘limizdir. Chunki ishlab chiqarish borasida xoh u yengil sanoat bo‘lsin, xoh og‘ir sanoat O‘zbekiston nomi tilga olinyapti. Birgina kiyim-kechak ishlab chiqarishda hozirda Markaziy Osiyoda birinchi va Hamdo‘stlik mamlakatlarida yetakchi o‘rinlarda. So‘nggi yillarda davlatimiz eksport salohiyati sezilarli darajada o‘sdi. Shu vaqtgacha paxta tolasini xomashyo qilib sotib, maqtanib yurar edik. Endilikda esa, xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va O‘zbekiston mahsuloti sifatida dunyo bozorlariga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ko‘lami bois milliy iqtisodiyotda sanoat komplekslari orqali xalqni ish bilan ta‘minlash va aholini ijtimoiy jihatdan boy qilish hamda shu bilan kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ko‘rilayotganligi ham doim kishini ruhlantiradi. Birgina turli xorijiy mamlakat investitsiyalari statistika bo‘yicha 2021-yilda 8 milliard 100 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya davlatimizga kirib kelgan. Buning natijasida 318 ta yirik 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq fuqarolarimiz uchun ish o‘rni yaratilgan. Aynan mana shu holat ham inson qadrini ulug‘lab uning hayotga bo‘lgan ishonch va qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Qaysi sohani olsangiz, islohotga duch kelasiz. Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sababidan xalqimiz malakali tibbiy xizmatga ega bo‘lishmoqda. Chet elda amalga oshiriladigan va avvallari hammaning ham cho‘ntagi ko‘tarmaydigan jarrohlik amaliyoti operatsiyalari yurtimizning o‘zida amalga oshirilmoqda. Bu ham sohaga berilayotgan e‘tbor sababidan. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirishda rag‘bat sifatida avtoulovning sovg‘a sifatida berilishi Yangi O‘zbekiston tarixida sezilarli iz qoldirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sport sohasiga berilgan e‘tiborlar natijasida bokschilarimiz jahon miqyosiga chiqishdi. Joriy yilda aql gimnastikasi bo‘lmish sportning shaxmat turi bo‘yicha, jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov ham davlatimiz rahbari bildirgan ishonchni oqladi.

Taraqqiyot tamoyillari turli davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo bog‘ desa bog‘i, tog‘ desa tog‘i bor bo‘lgan va tuprog‘ida oltin gullaydigan mana shunday yurtni Alloh taolo biz o‘zbeklarga yurt qilib bergan ekan, inson qadri doim ulug‘lanadigan jamiyatda yashayotgan ekanmiz bundan cheksiz baxt ila shukrona keltirib yashamog‘imiz lozim.
Download 15,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish