Ispravnik – uezd politsiyasi boshlig‘i.
Ish tashlash – ishchilarning ijtimoiy kurash usullaridan biri. Sohibkorni iqtisodiy yon berishga,
hukumatni biror-bir talabni qondirishga majbur qilish uchun qo‘llanilgan.
Jadid – (arabcha) – «yangi» degan ma‘noni bildiradi.
Jarib – 958 kv/m yer maydoni.
Jez – mis bilan qo‘rg‘oshinni qo‘shib eritish natijasida hosil qilingan ma‘dan.
Jeta – qaroqchi, qoloq.
Jevachi – (jeva – qurol-aslaha) – qurol-aslahaxona boshlig‘i.
Jiz‟ya – islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan soliq.
Jihod (arabcha) – diniy urush, XIX asrda musulmonlarning mustamlakachilarga qarshi kurash shakli.
Jogir – harbiy xizmat evaziga olinadigan yer.
Jome masjid – juma kunlari jamoat namozi o‘qiladigan katta masjid.
Joriya – cho‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |