Boru – qal‘a devorining o‘q otadigan pana joyi.
Bosqoq – mo‘g‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim.
Botmon – og‘irlik o‘lchovi (XIV-XV asrlarda u 20 kg. ga teng bo‘lgan).
Burg‟u – karnay.
Burj – qal‘a devorining cho‘qqisi, minorasi.
Buyuk Ipak yo‟li – Osiyoning sharqiy mamlakatlari bilan uning markaziy va g‘arbiy viloyatlarini,
Osiyoning janubiy mamlakatlari bilan uning shimolidagi viloyatlarini hamda janubiy, janubi-sharqiy
hududlarini bog‘lab turuvchi ulkan savdo, iqtisodiy, siyosiy va madaniy karvon yo‘lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |