Akademik (fransuzcha) – yuksak ilmiy unvon.
Akademiya – oliy ilmiy tashkilot.
Aqinak – xanjar turi.
Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g‘or.
Amid ul-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri.
Amin ad-davla – moliya va ichki ishlar vaziri.
Amir ul-umar – amirlar amiri, bosh sarkarda, lashkarboshi, sarkarda.
Amiri shikor – xonlarning ovini tashkil etuvchi amaldor.
Amlok (arabcha) – 1) katta yer egaligi, mulklar, yer-suv, kishi tasarrufidagi narsalar, buyumlar.
Musulmon Sharqining qator mamlakatlarida davlat ixtiyoridagi yer-suv va boshqa boyliklar. 2) davlat
yerlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |