6. Aholi salomatligi ulkan boylik, jamiyatning barqaror rivojlanishi garovi
«Adolat» SDP nomzodi «Aqlli tibbiyot» tizimini shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqib, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha «Milliy dastur» qabul qilishni ko‘zda tutmoqda.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini yanada takomillashtirishda, ya’ni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplarini aniq belgilash, sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘lishini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaydi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |