Ta’lim sohasida «Tabiatni fidoiylar saqlab qoladi!» shiori ostida:
«yashil» taraqqiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish;
uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida ekologik ta’lim-tarbiya tamoyillarni keng joriy etish;
oliy ta’lim tizimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashni ko‘paytirish;
maktabgacha ta’lim qamrovini 100 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 40 foizga yetkazish;
uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish;
ekologik tadqiqot va innovatsion faoliyat ko‘lamini kengaytirish, biznes-inkubator va texnoparklarni tashkil etgan holda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |