«Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi» — «Milliy tiklanish» nomzodi Alisher Qodirovning saylovoldi dasturi «Milliy tiklanish»


To‘rtinchi yo‘nalish. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash



Download 1,04 Mb.
bet46/66
Sana01.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#302143
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
saylov

To‘rtinchi yo‘nalish. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash

Ushbu yo‘nalishda Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Buning uchun:



  • Orol muammosini hal etishga hamda bu muammoning Orolbo‘yi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy ta’sirini yumshatishga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish hamda Orolbo‘yi mintaqasiga ekologik innovatsiya va texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini kuchaytirish;

  • qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali Orolbo‘yi hududiga Amudaryoning yuqori va o‘rta qismidan yiliga kamida 5−6 km3 hajmda suv yuborilishini ta’minlash;

  • Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida «yashil belbog‘lar» barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bog‘lari maydonlarini kengaytirish;

  • Orolbo‘yi hududining Qozog‘iston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;

  • Global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi doirasida mamlakatda issiqxona gazlari ta’sirini qisqartirishni nazarda tutuvchi milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Beshinchi yo‘nalish. Davlat va jamiyat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovning samaradorligini, xalqning sud organlariga nisbatan qat’iy ishonchi va hurmatini oshirish

Ekopartiya rahbarining ta’kidlashicha, partiya tabiatni asrab-avaylash, mamlakatdagi daraxtlar va suv havzalarini, tabiiy yodgorliklarni salbiy antropogen ta’sirdan himoya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni himoya qilish va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari ilgari suriladi. «Jismoniy va yuridik shaxslarning yer, suv va atmosfera havosiga salbiy ta’siri uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, yetkazilgan zararni qoplashda „ifloslantiruvchi to‘laydi“ tamoyili tarafdorimiz», — dedi u.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi vazifalar ustuvor bo‘ladi:


  • ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqaroviy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish;

  • atrof-muhitga yetkazilgan zararni o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini joriy etish;

  • davlat boshqaruv tizimida ekologiya sohasidagi ma’muriy islohotlarni amalga oshirish;

  • «Elektron hukumat» tizimini yanada keng joriy etish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish;

  • yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish;

  • malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslar, xususan, ekolog-huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

  • aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish;

  • voyaga yetmagan bolalar bilan huquqiy munosabatlarda odil sudlov institutlarini joriy etish, ularning huquq va manfaatlarini birinchi navbatda ta’minlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samarali joriy etish.

Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning vaqtini tejash maqsadida «Elektron hukumat» tizimini yanada keng joriy etish davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirishga alohida urg‘u berilishi zarurligi aytildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda sud-huquq sohasidagi muammolarga osonlikcha yechim topish mexanizmi yaratiladi. «Barcha islohotlar inson manfaatlari uchun bunyod etilar ekan, avvalo, voyaga yetmaganlarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda ta’minlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samarali tatbiq etishga qaratish eng odilona yondashuv bo‘lishi shubhasiz», — dedi partiya rahbari.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish