Ilm-fan sohasida «Tabiatni avaylash — hayotni asrash!» shiori ostida:
ekologik toza, chiqindisiz va resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilm-fan rivojini jadallashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida ilmiy mahsulotlar hajmi va innovatsion mahsulotlar turlari kengaytiriladi;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ehtiyojlariga to‘liq moslashtirish, yuqori samarador ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish ko‘lami oshiriladi;
hududlarda ekotexnoparklar tashkil etish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlanmalarini hududlarda keng joriy etish choralari ko‘riladi;
ekologik ilmiy-tadqiqot izlanishlarida ayollar va yoshlarning ishtiroki yanada oshiriladi;
ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |