1. Baxtsiz xodisa tufayli ishga yaroqsizligi uchun nafaqa miqdori:
N = Ko’ * Ya.
bu yerda Ko’ - o‘rtacha kunlik ish haqi, Ya - ishga yaroqsiz kunlari soni
2. Salomatlikni tiklab olish uchun dori-darmon va tibbiyot muassasida sarflanadigan xarajat miqdori:
a) - qisman nogironlik uchun M = ( U01 - ( U02 +N )) * T0 * Kn
b) - butunlay nogiron bo‘lganda M = ( U01 – N) * T0 * Kn
Bu yerda U01 – jarohatgacha bo‘lgan o‘rtaga oylik maoshi, U02 - nogoronlik davridagi o‘rtacha oylik maoshi, so‘m.
T0 - 12 (55- t ) ayollar uchun
T0 - 12 (60- t ) erkaklar uchun ishchining yoshini ko‘rsatuvchi koeffitsient
t – shikastlangan ishchining yoshi
Kn - tashkilot aybini izohlovchi koeffitsient.
Baxtsiz xodisalarning iqtisodiy oqibatlari
3. Vafot etgan ishchining oilasiga to‘lanadigan nafaqa miqdori:
Nvq= 12 (U01 / m+ 1-Nk) * Kt+ tk
bu yerda, m - qaramog‘idagi odamlar soni
Hk – qaramog‘idagi odamlariga nafaqasi
tk - qaramog‘idagi odamlarga nafaqa to‘lanadigan yillar yig‘indisi
4. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy sarf-xarajatlari:
Xtq = Xk. * Nt
bu yerda, Xk - bir kunlik tibbiyot harjatlari,
Nt - jami tibbiyot xizmati ko‘rsatilgan kunlar soni.
• Yil davomida tashkilot buyicha sodir bo’lgan baxtsiz xodisalar tufayli yetkazilgan umumiy ziyon ma’naviy va ijtimoiy ziyonlar qulay ish sifatining pasayishi va maxsulot chiqarish muddatining uzayib ketishi sabablari bilan izohlanishi mumkin.
2. Kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari
Kasb kasalliklari – hamisha kasbiga oid omillarning muayyan zararli ta’siri bilan bog‘liq ishlargagina mansub bo‘lgan, shuningdek mazkur zararli omillar ta’sirida ishlaganda boshqa sharoitlardagiga nisbatan bir necha marta tez uchraydigan kasalliklar.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va nogirolik pensiyalari tayinlashda O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249–sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasb kasalliklari ro’yxati” da ko‘rsatilgan kasalliklar va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300–sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kasb kasalliklari ro‘yxatidagi kasalliklar kasb kasalligi hisoblanadi.
Xodim ro‘yxatda ko‘rsatilgan kasallika chalinsa, agar u bevosita ro‘yxatda bevosita ko‘rsatilmagan kasb yoki ishlab chiqarishda ishlagan taqdirda ham bu kasallik kasb kasalligi deb topiladi. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan kasalliklargina emas, shu bilan birga ularning asoratlari va bevosita oqibatlari ham kasb kasalliklariga kiradi.