Inson mashina ishlab chiqarnsh



Download 29,06 Kb.
bet5/5
Sana01.02.2022
Hajmi29,06 Kb.
#424621
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu — копия (15)

Ishlab chiqarish muhiti, uning tarkibiy elementlari bo’lgan mehnat ashyolari, mehnat vositalari, mehnat maxsulotlari va boshqalardan tashkil topadi.
Faoliyat – inson uchun foydali bo’lgan, o’zining yashash muhiti bilan faol (ongli) o’zaro munosabatidir. Faoliyatning ta’siri o’z ichiga maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonini qamrab oladi. Faoliyat shakllari turli–tumandir.
Insoniyatning hayotiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, uning barcha faoliyat turi o’zining hayotiga foydali bo’lishi kerak, lekin shu bilan birga faoliyat nohush ta’sir, katta zarar qilishi, jarohatlanishga, kasallanishga, ayrim hollarda mehnat qobiliyatini yo’qotish yoki o’limga olib kelishi mumkin. Insonga har qanday faoliyat zarar etkazishi mumkin: ishlab chiqarishda (mehnat faoliyati), dam olishda, xattoki bilim olish bilan bog’liq faoliyat ham. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavfli.
Bu aksioma inson xavfsizligini ta’minlash muammosining ilmiy asosini tashkil qiladi.
U xavfsizlik tizimini shakllantirishda kamida ikkita muhim hulosa chiqarishga asos bo’ladi: 1) Absolyut xavfsiz faoliyat turini yaratish mumkin emasligi (masalan, butkul xavfsiz uskuna yoki texnologik jarayon yaratish mumkin emas). 2) Hech qanday faoliyat inson uchun absolyut xavfsizlikni ta’minlay olmaydi.
Xavf – bu inson hayotiga va sog’lig’iga nohush ta’sir ko’rsatuvchi jarayon, voqea, hodisa va vositalardir.
Mehnat faoliyati jarayonida insonga nohush ta’sir qiluvchi barcha xavflar quyidagi guruhlarga bo’linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik (ijtimoiy).
Xavfli va zararli fizik omillar: mashina va mexanizmlarning harakatdagi qismlari, yuk ko’tarish, tashish mexanizmlari, harakatdagi yuklar, uskunalarning himoyalanmagan harakatdagi elementlari, ishlov berilayotgan materiallardan otilib chiqayotgan zarrachalari, elektr toki, uskuna va materiallarning qizib ketgan yuzalari va h.k.
Sog’liq uchun zararli fizik omillarga ish joyidagi xavfning yuqori va past haroratlari, yuqori nisbiy namlik, havo harakati tezligi, yuqori darajadagi shovqin va titrash, ul’tratovush va turli issiqlik, ionlovchi, infraqizil va h.k. nurlanishlar, ish zonasidagi havoning changlanganligi, gazlanganligi, ish joylarining, yo’l va yo’laklarning yetarli bo’lmagan yoritilganligi, yuqori darajadagi yorqinlik va yorug’lik oqimining lipillashi va sh.o’. omillar kiradi.
Kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini kishi organizmiga ta’siri bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: umumiy zaharlovchi, qitiqlovchi, allergik ta’sir qiluvchi, kontserogen (turli o’simtalar paydo qiluvchi), mutagen (kishining nasliga ta’sir qiluvchi). Bu guruhga turli bug’lar va gazlar: benzol va toluol bug’lari, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, azot oksidi, qo’rg’oshin aerozollari va boshqalar.
Bularga yana teriga tekkanda uni kimyoviy kuydiruvchi agressiv kislota va ishqorlar kiradi.
Biologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: insonga ta’sir qilganda jarohat yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va h.k) va makroorganizmlar (hayvonlar va o’simliklar). Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: fizik (statik va dinamik) va asabiy zo’riqishlar (miya, quloq, ko’z va boshqa a’zolarning zo’riqib ishlashi).
Inson faoliyati bilan bog’liq xavflar ikki muhim sifatga ega: 1-ular yashirin xarakterga ega (xavf bo’lishi mumkin, lekin zarar keltirmasligi mumkin) va 2-ta’sir doirasi cheklangan bo’ladi.
Download 29,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish