Urbanizatsiya. Demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar
aholisi sonining jadallik bilan ko’payishi kuzatilyapti.
3.2-jadval
Shahar aholisi sonining ortib borishi.
Yillar
|
1880
|
1950
|
1970
|
1984
|
2000
|
Shahar aholisi %
|
1,7
|
13 ,1
|
17
|
50
|
80-85
|
3.3-jadval
Ayrim yirik shaharlar aholisini ortib borishi.
Shahar (davlat)
|
1994 yil mln. kishi
|
Kutilyapti 2015 yil mln. kishi
|
Tokio (Yaponiya)
|
26,5
|
28,7
|
Nyu-York (AQSH)
|
16,3
|
17,6
|
San-Paulu(Braziliya)
|
16,1
|
20,8
|
Mexiko (Meksika)
|
15,5
|
18,8
|
Shanxay (Xitoy)
|
14,7
|
23,4
|
Bombey (Hindiston)
|
14,5
|
27,4
|
Los-Anjeles (AQSH)
|
12,2
|
14,3
|
Pekin (Xitoy)
|
12,0
|
19,4
|
Kal’kutta (Hindiston)
|
11,5
|
17,6
|
Seul (Jan. Koreya)
|
11,5
|
13,1
|
Bir tomondan bu yaxshi, ko’pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko’payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining yechilishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo’lgan alomat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1sm3 shahar havosida 10 000 dona, kishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir.
Energetika, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko’payishi. Yerda aholi sonining ortishi va harbiy maqsadlar sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko’payishiga, energiya ishlab chiqarilishi va xomashyo resurslariga bo’lgan talabning ortishiga turtki bo’ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo’lgan talab, aholi sonining o’sishiga nisbatan yuqori sur’atda bo’ladi, chunki kishi boshiga bo’lgan talabning o’rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi.
Harbiy maqsadlarga ketadigan harajatlar juda kattadir. Ikkinchi jahon urushidan keyin qurollar ishlab chiqarishga dunyo bo’yicha 6 trln. AQSH dollari sarf qilingan. Harbiy sanoat, texnikaning, energetika va sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishida katta omil hisoblanadi.
XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning etakchi mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishi har 12-15 yilda ikki barobar ortib borgan. Bu esa biosferaga chiqarilayotgan ifloslovchi chiqindilarning uch barobar ko’payishiga olib kelgan.
Dunyo avtomobil parki ham juda katta sur’atlar bilan ortib bordi. Masalan, 1960 yilda dunyo bo’yicha 120 mln. avtomobil bo’lgan bo’lsa, 1990 yilda uning soni 420 mln.ga yetgan. Hozir dunyoda 600 mln.dan ortiq avtomobil bor.
Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab chiqarishga ko’plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham xarakterlanadi.
Qishloq xo’jaligida hosildorlikni oshirish, zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning, sug’orish natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv havzalarining holatiga salbiy ta’sir qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. O’simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestitsidlar odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo’yicha pestitsidlardan zaharlanib 10 ming odam, qushlar, xashoratlar, o’rmonlar qirilib ketayotganligi aniqlangan. Ular oziq-ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestitsidlar odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta’sir qilishi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |