Birinchidan, ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar va shu ne’matlarga bo’lgan
ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida yangi ehtiyojlarni
vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida qator yangi
ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joy kerak, yonilg’i, ehtiyot qism va boshqalar,
sug’urta qildirish, va hokazolarga ehtiyoj.
Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni
tubdan o’zgartiradi. Yangi ixtiro qilingan narsalarni ishlab chiqarish, ularga extiyojlarni vujudga
keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Masalan, kir yuvish mashinasi, video
magnitafon va boshqalar.
Uchinchidan, ishlab chiqarish maishiy madaniyatni shakllantiradi. Oddiygina misol.
Dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqat tayyorlashi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash
texnologiyasi tubdan farq qiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o’z navbatida ehtiyojlar ham ishlab
chiqarishga ta’sir etadi:
1.Ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatini sababi va aniq yo’nalishiga asos bo’ladi.
2.Inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o’zgarishi ishlab chiqarishni unga
moslashishiga undaydi.
3.Ehtiyojlar avangardlik rolini o’ynaydi, pastdan yuqoriga intiladi.
Iqtisodiyotning rivojlantirish yo'llari
bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.
Bozorning mohiyati va uning tarkibi
Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar urtasidagi iktisodiy alokalar , ularni bir-biriga boglaydigan mexanizmlardir.
Bozorga tovar egasi uni sotish uchun xaridor esa uni olish uchun chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |