Buxoro Viloyati Buxoro tumani 15-umum ta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi
G’afurov Rustam G’ulom o’g’li
Insho:Nima deb o’ylaysiz,tarixda buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarni kelajakda siz qilo olasizmi.
Tel;(+998 97) 830 99 79
e-mail; gulomrustamov927@gmail.com
Insho
Nima deb o’ylaysiz,tarixda buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarni kelajakda siz qilo olasizmi.
Reja:
Buyuk mutafakkirlarimizningb yashab o’tgan davrlari.
Ulug’ bobokalonlarimizning bizga qilgan xizmati.
Xalqimizning buyuk shaxslarga qilgan ehtiromi .
Buyuk shaxslar bizlarga shunaqangi ko’p xizmat qilganlarki ularni sanab sanog’iga yetolmaysiz. Biz tarixiy shaxslarning qilgan ijodidan oldin ularning hayotini o’rganamiz. Birinchi o’ganadigan insonlarimizdan biri bu-Muxammad ibn Muso al –Xorazimiy. U kishi 783-yil Xorazm diyorida tug’ilib, voyaga yetadilar. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o’z ona yurti Xorazm va Movarounnaxr shaxarlarida ko’pgina ustozlardan oladi. So’ngra u Xalifa Ma’mun zamonida “Bayt ul-hikma” da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ikkinchi o’rganadigan insonimiz – Ahmat al-Farg’oniy. U “Bayt ul-hikma”da faoliyat ko’rsatgan olimlardan yana biri bo’lib, uning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Kasir al-Farg’oniydir. Astronom, matematik va geograf olim Farg’ona vodiysining Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda Al-Farg’oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat qozongan. U astranomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug’ullanadi va shu fanlar asosida qator ilmiy hamda amaliy asarlar yozib qoldirdi. Uchinchi o’rganadigan insonimiz – Abu Nasr Farobiy. U Aris suvining sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug’ilgan. U avval ona shahrida, so’ngra Samarqand, Buxoro, Bag’dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Halab va Damashq shaharlarida yashagan. To’rtinchi o’rganadigan insonimiz bu-Abu Rayhon Beruniy. Beruniy bobomiz Xorazmning Kat shahrida 973-yili tug’ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to’plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G’azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerga ijod qiladi. Beruniy 1048- yilda G’aznada vafot etadi. Beshinchi o’rganadigan insonimiz bu – Abu Ali ibn Sino. Ibn Sino 980 – yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keladi. Maktabni bitirgach ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rganadi. O’n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo’yicha Sharq va G’arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o’rganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o’rt asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning asarlarini puxta o’rganadi. Ibn Sino o’n yetti yoshidayayoq e’tiborli hakim va olim bo’lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Oltinchi o’rganadigan insonimiz-Kamoliddin Behzod. XV asrning tasviriy san’at sohasidagi ulug’ namoyandasi bo’lgan Kamoliddin Behzod 1455-yilda tug’ilgan. U musavvirlikda ,,Hirot maktabi’’ deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo’ldi. Behzod o’z davrida Moniyi Soniy deb ulug’langan. Behzod ijodidagi rasmlar bizning hayotimizda o’chmas iz qoldirgan.
Hozirgi aytadigan gaplarim yuqridagi insonlarning xizmatlari haqida bo’ladi. Xorazmiy zamonasining mashhur matematigi, astronomi, geografi sifatida fanga ulkan hissa qo’shgan. Al-xorazmiy 20dan ortiq ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10tasigina bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematikaga doir ,,Al-jabr val-muqobala’’ mashhur. Hatto ,,algebra’’atamasi ushbu kitobning ,,al-jabr’’ deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Farg’oniy Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash yangicha zich yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig’idaYer meridianining bir darajasi uzunligini o’lchashda qatnashadi. 861-yilda al-Farg’oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr –daryo oqimi sathini belgilaydigan ,,Miqyos an-Nil’’ inshooti va uning darajoti qayta tiklandi. Farobiy riyziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod qilgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o’rta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 asar yozgan. Unung 5jildli ,, Al-qonun fit-tib’’nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqishi sabablari va manbalari, tashhis, mulaja usullari, dorivor o’simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g’oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning ,,Al-qonun fit-tib’’ asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan .
Hozirgi aytadigan gaplarim yuqorida ko’rsatib o’tgan insonlarga qilinayotgan ehtiromlar va ulardek bo’lish uchun nimalar qilish kerakligi haqida bo’ladi. Mustaqillik yillarida Ahmad al-Farg’oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg’ona shahrida al-farg’oniy nomi bilan bog’ yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi. Behzod nomini abadiylashtirib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvaridagi farmoniga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi. 2000-yil noyabrda Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog’ barpo etildi.2014-yil may oyida Samarqand shahrida o’rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod qilgan buyuk allomalar va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o’rni va roliga baho berish maqsadida ,,O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivajidagi roli va ahamiyati “ mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi. Unda ellikka yaqin mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar ishtrok etdi. Konferensiya yakunida tegishli hujjatlar qabul qilindi. Bizning mutafakkirlarimiz butun dunyoga foydasi tekkan insonlar, bizlar ham shu insonlar kabi dunyoga foydasi tegishi kerak. Buning uchun hozirdan yaxshi o’qisimiz lozim. Har bir vaqtdan unumli foydalanishimiz kerak. Hozir o’tayotgan vaqtimiz kelajakda qaytib kelmaydi!
Do'stlaringiz bilan baham: |