Ta’sischilarning umumiy yig’lishi
Kuzatuv Kengashi
Bosh direktor
Bosh direktor o’rinbosari
Buxgalteriya
Ishlab chiqarish bo’limi
Rejalashtirish bo’limi
Ishlab chiqarish guruhi
Yurist
Konstruktor-texnolok bo’limi
Xodimlar bo’limi
Texnik nazorat bo’limi
Ishlab chiqarish labaratoriyasi
5-chizma.“UZ-HANWOOENGINEERING” qo’shma korxonasining boshqaruv strukturasi
Har bir bo’limni bosh mutaxasis boshkaradi. Har bir tsexda alohida sexlar
bo’lib,malakali master va brigadirlar bilan hamda tegishli ishlar bo’yicha ishllar taqsimlangan.
“UZ-HANWOO ENGINEERING” qo’shma korxonasida texnologik jarayonlarni ishga tushirish uchun dastlab 87 kishi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunga kelib detallarni shtampovkalash, domkrat va trosslarni yig’ish uchastkalarini ishga tushirilganligidan so’ng korxonada ishlovchilar soni 240 kishiga etdi.
Mansab yo’riqnomalariga mos ravishda har bir ishchi xodim mansab yo’riqnomalari bilan tanishtirilgan va texnika xavfsizligi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilgan. Mansab yo’riqnomasi bo’yicha:
Muxandislik lavozimiga texnologiyaga oid bilimlarga ega bo’lgan, ish staji 1 yildan kam bo’lmagan oliy malumotli shaxslar;
Menejerlik lavozimiga oliy malumotli, 3 yil ishlab chiqarishni boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lgan shaxslar;
Ishchilar guruxiga – o’rta maxsus malumotiga ega bo’lgan, topshirilgan ishlarni bajara oladigan, mehnat intizomiga rioya qiladigan shaxslar tanlab qabul qilinadi hamda ishlagan ish soatlari uchun ishbay usulda ish haqi to’lanadi. Oylik maosh ularining egallab turgan mansablariga qarab amalga oshiriladi. Hozirda to’lovning 50% plastik kartochkalar va 50% naqd pul ko’rinishida amalga oshiriladi. Bundan tashkari ishchi va xodimlarga korxona oylik maoshiga qo’shimcha pul ko’rinishida ustama xaq to’laydi. Shuningdek korxonada ishlovchilarga moddiy yordam ko’rsatish yo'lga qo’yilgan.
Korxona ishchi va xizmatchilarni ishga kelib-ketishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi va ishni tashkil qilishda ko’p tajribalardan foydalanilgan. Ishchi xodimlarni ishga bo’lgan masuliyati, munosabati maxsulot sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
Javobgarlik masalalari korxonani asosiy ko’rsatkichlaridan hisoblanadi va ishchi xodimlardan bunga amal qilishlari qatiy talab qilinadi, aks holda ularning
ish haqidan jarimalar ushlanadi.
Malumki, korxona faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlarini samarali amalga oshirish bevosita asosiy fondlar va ularning holatiga bog’liq.
Asosiy fondlar deb, ishlab chiqarish jarayonida bir necha sikl qatnashib, o’zini natura shaklini saqlab qoladigan, qiymatni tayyor maxsulotga asta-sekinlik bilan o’tkazib beradigan, ishlash muddati 1 yildan ortiq bo’lgan mehnat vositalariga aytiladi. “UZ-HANWOO ENGINEERING” qo’shma korxonasining asosiy fondlari asosan Koreya va Rossiyadadan keltirilgan.
Yuqorida aytib o’tilganidek, korxonada shtampovkalash turli xildagi detallarni, avtomobil damkratlarini va trosslarni ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayonida uchta asosiy operatsiyalar: kesuvchi dastgoh, shtampovkalash ishlarini bajaruvchi dastgoh va svarkalash dastgohlari ishlatiladi.
Bu asosiy vositalar yordamida detallarni bosib, kesib beriladi. Kesish quvvatlari 1200, 800, 400, 250, 200, tonna kuchlar bilan amalga oshiriladi, natijada detallar yarim tayyor maxsulotga aylanadi. Payvandlash tsexida svarkalash vositalari orqali payvandlash ishlari olib boriladi. Bu uchastkada yarim tayyor maxsulotlar tayyor maxsulotga aylanadi.Asosiy vositalar tarkibiga esa binolar va transport vositalari ham kiradi. Transport vositalari yuk ko’taruvchi va tashuvchi bo’lib ular uchastkalar va tsexlar o’rtasida xom-ashyo va materiallarni yetkazib berish uchun foydalaniladi. Har bir uchastkada maxsus Catia, Unigraphics, Pro-Enginee, AutoCAD, AutoPROM kabi programmalar bilan taminlangan kompyuterlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |