Uchinchi bosqichda - tanlab olingan umumiy strategiya doirasidagi muqobil (variant)lar tahlil qilinadi va uning bosh maqsadni yechishdagi yaroqlilik darajasi baholanadi. Aynan shu bosqichda umumiy strategiya aniq va yangi mazmun bilan to’ladi.
Korxonalar aksariyat hollarda ko’p muqobillik asosida strategiyani tanlashadi. Binobarin, agar korxona bozorda o’zining salmog’ini oshirmoqchi bo’lsa, u holda u bunday maqsadga turli yo’llar bilan ershishi mumkin. Ya’ni:
• mahsulot narhini pasaytirish;
• tovarlarni ko’p sonli do’konlar orqali sotish;
•bozorga tovarlarning yangi modellarini chiqarish;
•reklama yordamida tovarlar nufuzini oshirish va hokazolar.
Har qaysi yo’l turli imkoniyatlarga yo’l ochib beradi. Masalan, bahoni joriy qilish egiluvchan bo’lganligi sababli oson kechadi va raqobatdoshlar tomonidan osonlik bilan o’zlashtiriladi. Ammo yangi texnologiyaga asoslangan strategiya esa juda qiyin o’zlashtiriladi, lekin uni joriy qilish katta harajatlarni talab qiladi. Undan tashqari u unchalik egiluvchan (gibkiy) emas.
Ko’rib turibmizki, korxona strategiyani tanlashda ko’pdan-ko’p muqobil (alternativ) variantlarga duch kelishi va ulardan keng tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
Aniqlangan tashqi havf va imkoniyat korxonaning ichki imkoniyati va kuchsiz tomonlari bilan taqqoslanadi. So’ngra korxona rahbariyati «Qaysi strategik muqobil (variant)ni tanlash kerak» degan savolga javob izlashga kirishadi. Menejment sohasidagi tadqiqotchilar muqobil (alternativ)ning quyidagi turlarini e’tirof etishadi:
• cheklangan o’sish;
• o’sish;
• kamayish(qisqartirish);
• agar u chala strategik muqobilni o’zida aks ettiruvchi.
Cheklangan o’sish. Bu strategiyani asosan texnologiyasi barqaror bo’lgan korxonalarning rahbarlari tanlashadi. Bunda rivojlanishidagi maqsad «erishilgan daraja» ga asoslanib o’rnatiladi va sharoit o’zgarishiga qarab unga to’zatishlar kiritiladi (Masalan, inflyatsiya sharoitida). Agar rahbariyat korxona dagi mavjud holatdan qoniqadigan bo’lsa, u holda istiqbolda ham shunday strategiyani (muqobilni) tanlagan bo’ladi. Chunki bu eng oddiy va eng kam xatari bor yo’ldir.
O’sish. Bu muqobil eng ko’p tanlovga tushadigan muqobildir. Birinchi muqobildan farqli o’laroq u texnologiyani tez-tez o’zgarib turadigan va iqtisodiyoti tez sur’at bilan o’sayotgan korxonalar uchun qo’llaniladi. Bunda rivojlanishdagi maqsad «erishilgan daraja» qo’lamida emas, balki undan yuqori darajaga muljallab o’rnatiladi. Agar korxona barqaror sharoitda ishlamayotgan bo’lsa, u holda u albatta o’sish strategiyasini tanlab olishga majburdir. Aks
holda bu korxona banqootlikka, tanazulga uchrashishi tabiiydir.
Kamayish. Bu muqobilni juda kamdan kam tanlashga qaror qilinadi. Chunki bunda yo korxonani kichraytirish yoki ishlab chiqarish hajmini kamaytirish nazarda tutiladi. Bu strategiyani ko’pincha so’nggi vosita deb atashadi. Chunki korxona faqat nochor holga tushgan sharoitdagina bu strategiyani tanlash zaruriyati tug’iladi. Aniqrog’i, korxona rahbarilari quyidagi vaziyatlarda mazkur strategiyani tanlashga majbur bo’lishadi:
• iqtisodiy tanazzul davrida;
• korxona juda og’ir sharoitga tushib uning axvoli yomonlashib borayotgan sharoitda.
• korxona xaloqatga giriftor bo’layotgan holda va hokazo.
Bunday hollarda korxona butqo’l tugatilishi yoki uning ayrim bo’limlarini boshqa bo’limlarga birlashtirilishi sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |