Inomov xayitali ergashali o’G’lining mavzu: Kuzgi bug’doy o’simligining rivojlanish bosqichlarida me’yorida sharoit yaratilganda o’sish va rivojlanishini hosilga ta’siri



Download 428,5 Kb.
bet3/11
Sana10.07.2022
Hajmi428,5 Kb.
#768785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
hayitaliiiiii so\'ngisi klinika

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mazkur bitiruv malakaviy ishning ob’ekti Farg’ona viloyati rishton tumanidagi oq gulchaman fermer xo’jaligida yetishtirilayotgan kuzgi bug’doy o’simligi hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyoti va usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar va bevosita dala tadqiqotlarida to’plangan materiallar atroflicha o’rganildi va tahlil qilindi. Mavzuni o’rganishda, kuzatish, sistematik, geobotanik, ekologik va boshqa tadqiqot usularidan foydalanildi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalar. Hozirgi avlod ko’z o’ngida mahalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlar kuzatilayotgan bu davrda, Aholining don va non mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’larok qondirish, har bir shahar, viloyat va tumanlarimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholining turmush tarzini yaxshilash, o’z vaqtida sifatli hamda oliy navli don va don maxsulotlari bilan ta’minlanish tadqiqotlarimizning eng asosiy maqsad va vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqot mavzuining o’rganilganlik darajasi. Kuzgi bug’doy o’simligini hosildorligini oshorishda, kuzgi bug’doy o’simligi ustida olib borilga ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili, hosil yetishtrish texnologiyalari, ekish me’yorlari hamda sug’orish tartibiga qo’yilgan talablar va takliflar hamda boshqa turli darajalargan bo’lib o’rganildi.
Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu magistrlik ishning ilmiy ahamiyati shundaki, kuzgi bog’doy o’simligini yetishtrish jarayonida turli xil texnoligik, uslub va usullardan foydalanildi. Bunday uslub va usullardan foydalanish, ilmiy, amaliy va nazariy jihatdan foydalanishga, asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur mavzu bo’yicha olingan, aniqlangan material va ma’lumotlar kuzgi bug’doy o’simligini yetishtrishda, undan samarali va mo’l hosil olishda, ilmiy, amaliy hamda nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

I.BOB. Adabiyotlar sharhi.
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevni3 asarda Hozirgi vaqtda dunyo miqiyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza maxsulotlar islab chiqarish dolzarb masala bo’lib borayotgani sir emas.
Shuning uchun ham biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo’jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat ekinlari yetishtrishga alohida e’tibor bermoqdamiz deb ta’kidlagan edilar.
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevni4 asarida bugungi kunda hech bir sohada ilim-fan yutuqlari va inavatsion texnologiyalarni amaliyotda qo’llamasdan turib taraqqiyotga erishib bo’lmaydi.
Mazkur sohada investitsiyalarni jalb qilish, resusrs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo’jaligi masulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’yektlar o’rtasidagi munosabatning huquqiy asosini mustahkamlashga harakat qilinmoqda deb ta’kidlagan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022 yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2550 ming tonna bug‘doyning:
• 1783,5 ming tonnasini tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urug‘lik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan xarid qilish;
• 500 ming tonnasini fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar (keyingi o‘rinlarda — bug‘doy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Belgilanishicha, 2022 yil hosili uchun:
a) “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tovar bug‘doyni Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan sotib olish, saqlash, shuningdek, xaridorlarga jo‘natish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat vakili hisoblanadi;
b) davlat resurslariga xarid qilingan tovar bug‘doy uchun to‘lovlar bug‘doy yetishtiruvchilarga tijorat vakili tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi bosqichlarda amalda oshiriladi:
• dastlabki bosqichda — Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan narxlarda;
• keyingi bosqichda — birjada shakllangan o‘rtacha narxdan (o‘rtacha kotirovkadan) kelib chiqib, bug‘doy yetishtiruvchilar bilan to‘liq qayta hisob-kitob qilinadi;
v) bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy 2022 yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi. Bunda:
• bug‘doyni tashish (shu jumladan ichki tashish), qabul qilish, saqlash va xaridorlarga jo‘natish xarajatlari tijorat vakili va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
• bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida hisobdan chiqariladi;
• bug‘doyning sifati va saqlanishi bo‘yicha nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
• 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy — birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;
• 4- va 5-sinflardagi bug‘doy — barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizidan oshmagan qismini mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab beradi.
Moliya vazirligi "O‘zdonmahsulot" AK tizimidagi korxonalarga birjadan bug‘doy sotib olish uchun revol’ver kreditlarni moliyalashtirish maqsadida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 800 mlrd so‘mgacha tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs joylashtirilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AK manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni, shuningdek, Jamg‘arma, tijorat vakili va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasidagi moliyaviy hisob-kitoblar tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida d-xarid.uz axborot tizimini ishga tushirishi belgilandi.
Turdiyeva N, Mahammatova M, Ravshanov K larning 2001-y ma’lumotlariga qaraganda, «Istiqlol» navli qattiq bug’doy uchun N ning maqbul me’yori 200 kg/ga ekanligi aniqlandi. Bu me’yorda o’simliklar yetarli darajada quruq modda to’playdi va hosildorligi yuqori bo’ladi.
O. Yaqubjonov, T. Jalolov 2002-y, Andijon viloyati sharoitida kuzgi bug’doyni ekish me’yorini gektariga 200-250 kg qilib belgilashni tasiya etadi.
I.Halimov, M. Sattorov, A. Ismoilov 2004-y, Toshkent viloyatining sug’oriladigan yerlarida o’tkazgan tajribalariga asoslanib, ekish me’yorlari 4,0 mln urug’/ga dan 5,0 mln. urug’/ga oshirilganda hosildorlikni ham oshgan. Eng yuqori hosildorlik Sanzar-8 navida 5,0 mln urug’ uchun ekilganda 47,1 s/ga, Polovchanka navida 53,1 s/ga, Demetra navida 49,8 s/ga bo’lishini aniqlashgan.
M. Yesbolovaning 2007-y, Toshkent Davlat agrar universiteti tajriba dalasida o’tkazgan tajribalarda kuzgi bug’doyni Hosildor va Zamin-1 navlari urug’lik uchun ekilganda ekish me’yori 5-6 mln. urug’/ga bo’lishi aniqlangan. Bunda o’simlikni tuplanishi kamaysada, hosilni shakllanishida bosh poya hissasini ortishi kuzatilgan.
Siddiqov. R., Tillayev R., va boshqalarning 2004-y. ma’lumotlariga ko’ra, kuzgi bug’doyning ekish me’yori tuproq unumdorligi va navning biologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda, 4,5-5,0 mln. dona unuvchan urug’ hisobida bo’lishi kerak. Ayrim xollarda 5,0-6,0 mln. ham bo’lishi mumkin
Ravshanov K, Xalilov N., Bobomirzayev P., Turdiyeva N, 1999-yidagi tajriba natijalari ko’rsatdiki, azotli o’g’itning dozasini oshirib borish bilan xlorofilning miqdori, barg yuzasi, fotosintetik potensial, fotosinez sof mahsuldorligi oshdi. Ammo sug’orishsiz nazorat variantda, azotli o’g’it miqdorini gektariga 120 kg dan 180 kg ga oshirilganda barg yuzasi oshmagan, fotosintez sof mahsuldorligi, fotosintetik potensial, FAR dan foydalanish koeffisiyenti pasaygan. Don hosilini ko’payishi o’simlikni namlik bilan ta’minlanishi va azotli o’g’it dozasini oshirish bilan amalga oshgan.
Ko’pgina mualliflarning har bir kuzgi bug’doyning optimal ekish me’yori, maqbul qalinligi yoki oziqlanish maydoni ko’pgina omillarga, navning biologik xususiyatlariga, yotib qolishga chidamliligi, tuplanishi, suvga va o’g’itlarga ta’sirchanligi, tez pisharligi, nav arxitektonikasi, urug’lik sifatlari, tuproq-iqlim va ob-havo sharoiti, tuproq unumdorligi, o’tmishdoshlar, solinadigan o’g’itlar miqdori hamda nam bilan ta’minganlikga bog’liq bo’lishliligini ta’kidlaydilar Gusev V.A. 2001-y, O. Yaqubjonov, S. Bahromov 2007-y, B. Qodirov, 2008-y.


Download 428,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish