Fotoelektrik polyarimetrning buraladigan va harakatlanadigan qismlarini qiyoslash davomida quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
- ko‘rish trubasining okulyari aniq ko‘rinishga oson va bir tekis buralish orqali keltirilishi kerak;
analizatorning buralishi va uning shkalasi barcha o‘lchash chegaralarida oson va bir tekis buralishi kerak;
polyarizatorning xolatini boshqarish konstruksiyada ko‘rsatilganidek barcha o‘lchash masofasida oson va bir tekis o‘zgarishi kerak;
hisob olinadigan okulyarning shkalasini yaxshi ko‘rinadigan xolatga keltirish oson va bir tekis buralish orqali keltirish kerak;
kyuveta qo‘yiladigan bo‘limning qopqog‘i oson ochilishi va zich xolatda yopilishi kerak.
Fotoelektrik polyarimetrning yorug‘lik manbaini to‘g‘ri yoki bir tekis yoritishini tekshirish uchun diafragma oldiga oq rangli ekran qo‘yish va unda yoritilganlikni bir tekis taqsimlanishi aniqlanishi kerak;
keyin oq ekranni kyuveta qo‘yiladigan joyga qo‘yib vizual xolda yoritilganlikni optik o‘qiga perpendikulyar xolda bir tekis taqsimlanishi aniqlanadi;
polyarimetr okulyarining ko‘rish maydonini tekshirishda maydon chiziqlarini bo‘linishi yupqa, aniq va yaxshi ko‘rinadigan chiziq asosida va u ko‘rish maydonini aniq ikki bo‘lakka ajratishi kerak va shu bilan birga har qanday xolatda ham ko‘rish maydoni aylana shaklida bo‘lishi kerak.
polyarimetrning kyuveta qo‘yiladigan joyga ketma-ket har xil o‘lchamdagi bo‘sh kyuvetalarni qo‘yish moslamasi bilan qo‘yib borib undagi yoritilganlikni bir tekis ekanligi tekshiriladi.
Polyarimetrning o‘lchash oralig‘ini tekshirish uchun, kyuveta qo‘yiladigan joyga polyarimetrik plastinka joylashtiriladi. Bunda qutblanish tekisligining burilish burchagi chegaraviy o‘lchash qiymatiga nisbatan 2o dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Analizatorning bir tekis buralishini bir vaqtning o‘zida o‘lchash diapazonini tekshirish va shkalaning siljishini kuzatish orqali tekshiriladi. Analizatorning bir tekis buralishi shkala bilan birga bir tekis, pasportda ko‘rsatilgan tezlikda harakatlanishi kerak.
Hisob olinadigan shkalaning ko‘rinish sifatini barcha o‘lchash oraliqlarida vizual tekshirib chiqiladi. SHkalaning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tish analizatorni burash orqali yoki kompensator orqali amalga oshiriladi. Fotoelektrik polyarimetr shkalasining ko‘rinish sifati analizatorni burash va uni kuzatish orqali, hamda kyuveta qo‘yiladigan joyga namunaviy polyarimetrik plastinkalarni qo‘yish orqali o‘lchash chegarasi tekshiriladi. Bunda plastinkalarda ko‘rishni qiyinlashtiruvchi xiralik, qirilish va boshqa defektlar bo‘lmasligi kerak.
Polyarimetrning hisob olinadigan bo‘limi yorug‘ va ko‘rish qismi bir tekis yoritilgan bo‘lishi hamda noniusning shtrixlari aniq ko‘rinadigan, hech qanday qirilish va kirlanishlar bo‘lmasligi kerak.
Polyarimetrning hisob oladigan moslamasini tekshirish uchun nonius bilan noniusning hisob oladigan nolinchi bo‘limini ustma-ust tushirish kerak. Bunda nonius shkalasining oxirgi qiymati shkalaning ma’lum bir qiymati bilan aniq mos kelmasa, unda qiymat noniusning yarim qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda xatolik bilan olinadi. Optik mikrometr o‘rnatilgan polyarimetrlarda esa to‘g‘ri va qaytgan tasvirlarni mos kelishi asosida mikrometrdan hisob olinadi.
Ikkala xolatda ham shkalani tekshirish uning uch xil nuqtalarida olib boriladi va xulosa qilinadi. SHkalaning har xil bo‘limlarini tekshirish uchun fotoelektrik polyarimetrlarda ularga qutblanish tekisligining burilish burchagi har xil bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi.
Analizatordan olinadigan hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini shkalaning uchtadan kam bo‘lmagan har xil bo‘limlarida, shu bilan birga nol bo‘limda va barcha to‘lqin uzunliklarida, ketma-ket qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga har xil burilish burchagiga ega bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi. Analizatordan olinadigan hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini texnik xujjatda ko‘rsatilgan qiymatlardan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Polyarimetrning sezgirligini tekshirish uchun uning ko‘rish maydonini yarim yorug‘ yarim qorong‘u ko‘rinishga keltirib tekshiriladi. Bunda analizatorni birinchi xolatiga nisbatan besh xil bo‘lim qiymatlari uchun ya’ni qurilmaning sezgirligiga mos keluvchi qiymatlar orqali tekshiriladi. Bu qiymatlar aniq bir qurilmalar uchun aniq ko‘rinishda pasportda keltiriladi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilsa, unda qurilmaning sezgirligi etarli hisoblanadi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilmasa, unda qurilmani sozlash yoki yorug‘lik manbaini almashtirishga to‘g‘ri keladi.