Bryuster qonuni. YOrug‘lik tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko‘rsatkichiga teng bo‘lsa, qaytgan nur to‘liq qutblanadi (8.4- rasm). Bu qonun Bryuster qonuni deb, undagi α burchak esa Bryuster burchagi deb ataladi.
8.4-rasm. Bryuster qonuni bo‘yicha yorug‘likning qutblanishi.
Har qanday qutblangan nur ma’lum intensivlikka ega bo‘ladi. Agar bunday nur analizator orqali o‘tkazilsa, uning intensivligi o‘zgaradi. Intensivlikning qanday o‘zgarishi polyarizator bilan analizator qutblanish tekisliklari RR va AA ning bir-birlariga nisbatan joylashishiga bog‘liq (8.5–rasm).
8.5-rasm. Polyarizator va analizatorning bir-biriga nisbatan joylashishi: 1- yorug‘lik manbai; 2- tabiiy nur;
polyarizator; 4- qutblangan nur; 5- kyuveta; 6-30o ga burilgan qutblangan nur; 7- analizator; 8- kuzatuvchi.
Tabiiy yorug‘likning nuri kristallning bosh optik o‘qi bo‘yicha o‘tayotgan bo‘lsa, u holda bu nur shu kristaldan chiqqandan so‘ng o‘zining xossalarini o‘zgartirmaydi, lekin ko‘p hollarda yassi qutblangan yorug‘lik ba’zi bir kristallarga tushganda (kvars, kinovar) E vektorning tebranish tekisligi qandaydir burchakka buriladi, bunday moddalarga optik aktiv moddalar deb ataladi. Optik aktiv moddalarga qand eritmasi ham kiradi. Optik aktiv moddalarda E vektori tebranish tekisligining burilish yo‘nalishi bilan har xil bo‘ladi. E vektori tebranish tekisligining burilishi kuzatuvchi uchun soat strelkasi yo‘nalishida bo‘lsa, bunda modda o‘ngga buruvchi deb ataladi. Agar soat strelkasi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa, bunday modda chapga buruvchi deb ataladi.
Ko‘p moddalar, masalan: kvars 2 xil modifikatsiyada mavjud bo‘ladi. Birinchisi o‘ngga bursa, ikkinchisi chapga buradi. Optik aktiv moddalar eritmasidagi qutblanish tekisligining burilish burchagi () shu moddaning
konsentratsiyasiga (S), nurning eritmadagi yo‘l uzunligiga () to‘g‘ri proportsional, ya’ni:
𝜑 = [𝜑˳] ∙ (𝑆 ∙ 𝑙 ) (18.1)
bu erda, 𝜑˳ - proporsionallik koeffitsienti yoki solishtirma burilish burchagi bo‘lib, u
0
C
(18.2)
ifodaga ko‘ra = 1 dm va S =1 g/sm3 bo‘lgandagi burilish burchagiga teng.
ni graduslarda, ni dm larda va S ni g/sm3 larda ifodalash qabul qilingan. Solishtirma burilish burchagi temperaturaga bog‘liq va yorug‘lik to‘lqin uzunligining kvadratiga taxminan teskari proportsional. YUqoridagilardan noma’lum eritmalar konsentratsiyasi 18.1 formulaga ko‘ra
𝑆 = 𝜑 [𝜑˳]∙𝑙
(18.3)
ifoda bilan aniqlanadi. Bu usul biofizik tadqiqotlarda va tabobatda siydikdagi qandning va qondagi qandning konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Bunda qo‘llaniladigan o‘lchash qurilmasi polyarimetr yoki saxarimetrlar deb ataladi. Polyarimetrning tuzilish sxemasi 18.6-rasmda tasvirlangan.
8.6-rasm. Polyarimetrning tuzilish sxemasi:
R-polyarizator; A- analizator; T- qand eritmasi solingan kyuveta- trubka.
Polyarizator qutblanish tekisligining burilish burchagini kuzatishning eng sodda qurilmasi hisoblanadi. Trubkada suyuqlik yo‘q holatda analizatorni shunday burish kerakki kelayotgan yorug‘lik butunlay ko‘rinmasin (Nikol prizmalar bir- biriga tik). Agar trubkani suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘ysak, u holatda tebranish
tekisligining burilishi natijasida kuzatish soxasida yorug‘lik hosil bo‘ladi. Analizatorni bu soxasida yana qorong‘ulik hosil bo‘lguncha burish kerak, burilish burchagi E vektor tebranish tekisligining burilishiga teng bo‘ladi. Quyida biz optik aktiv moddalar hamda dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladigan polyarimetrlarni qiyoslash metodikasi bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |