Xalaqitlovchi nurlanishni darajasini ajratilgan spektral diapazonda nurlanishni to‘liq yutilishida spektrofotometrda nur o‘tkazish koeffitsienti bo‘yicha aniqlanadi.
Solishtirish kanaliga nur o‘tkazish koeffitsienti 10% bo‘lgan fotometrik sektorli disk o‘rnatiladi. Keyin o‘lchash kanaliga navbatma-navbat NPS-IKS termasidagi filtrlar o‘rnatiladi va ularni nur o‘tkazish koeffitsienti o‘lchanadi va yozib olinadi.
YOzish sharoitlari va filtrlarni turlari D ilovada keltirilgan.
Xalaqitlovchi nurlanishni darajasini tavsiflovchi eng ko‘p olingan nur o‘tkazish koeffitsienti, ko‘p bo‘lmasligi kerak:
IKS-22 turdagi spektrofotometr uchun 2500…800 sm-1 diapazonida - 2% va - 800...650 sm-1 diapazonida 5%;
-IKS-22A turdagi spektrofotometrlar uchun 2500…2000 sm-1 diapozonida 2% va 2000...1250 sm-1 diapazonida esa 3%;
IKS-22V turdagi spektrofotometr uchun barcha spektral diapazonlarida
3%;
IKS-24 turdagi spektrofotometr uchun 2500...800 sm-1 diapazonida 1%
va 800…400 sm-1diapazonida esa 2%;
IKS-29 turdagi spektrofotometr uchun 2500...1000 sm-1 spektral diapazonida 1.5% , 1000…500 sm-1 spektral diapazonida 2% va 500...400 sm-1 spektral diapazonida esa 3%.
Spektrofotometrni absolyut xatoliklarini aniqlash
6.1. Spektrofotometrni absolyut xatoliklarini ishonchlanayotgan spektrofotometr yordamida aniqlangan fotometrik sektorli disklarni nur o‘tkazish koeffitsienti va ularni haqiqiy qiymatlari orasidagi eng katta farqlar asosida aniqlanadi.
Absolyut xatoliklarni nur o‘tkazish koeffitsienti diapozonining to‘qqizta har xil nuqtalarida aniqlanadi.
Disklarni nur o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashdan avval muayyan tipdagi spektrofotometr xujjatlarida ko‘rsatilganlarga mos keluvchi sharoitlarda barcha spektral diapozonlarda nur o‘tkazish koeffitsientiga 100% muvofiq keluvchi chiziqlar yoziladi.
Ushbu chiziqni nur o‘tkazish koeffitsientini blankidagi 100% mos keluvchi chiziqlardan chetlashishlari - IKS-22, IKS-22A va IKS-22V tiplaridagi spektrofotometrlar uchun 2% dan ko‘p bo‘lmasligi; IKS-24 va IKS-29 tiplaridagi spektrofotometrlarda esa 1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda atmosferadagi suv bug‘lari va uglerod dioksidini yutilish chiziqlari: 3900 dan 3500 sm-1 gacha, 2400 dan 2300 sm-1 gacha, 1800 dan 1350 sm-1 gacha, 720 dan 660 sm-1 gacha va 400 dan 200 sm-1 gacha bo‘lgan spektral diapozonlarda me’yordagi qiymatlaridan 1,5% gacha oshishiga ruxsat etiladi.
6.2 bandda ko‘rsatilgan spektral diapazonlardan tashqari, spektrofotometrning spektral diapozonini bitta to‘lqin soni qiymati uchun, berilgan xujjat asosida 100% ko‘rsatkichi o‘rnatiladi. Navbatma-navbat dvigatel o‘qiga to‘qqizta fotometrik sektorli disklar o‘rnatiladi, ularni o‘lchovchi kanalga kiritiladi hamda nur o‘tkazish koeffitsientlari o‘lchanadi. Fotometrik sektorli disklardan olingan - nur o‘tkazish koeffitsientlari va ularni haqiqiy qiymatlari orasidagi farqlar hisoblab chiqiladi.
Spektrofotometrni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan absolyut xatoliklarini chegarasini tavsiflovchi eng katta farq – 1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
To‘lqin sonini bitta qiymati uchun spektral diapazonni har xil nuqtalarida nur o‘tkazish koeffitsienti, 50% haqiqiy qiymatlarda besh marta o‘lchanadi. Eng katta va eng kichik ko‘rsatkichlarni farqlari aniqlanadi. Ko‘rsatkichlar qamrovi -1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.