To‘lqin sonlari shkalasini darajalashdagi xatoliklarni aniqlash
To‘lqin sonlari shkalasini darajalashdagi xatoliklarni standart namunani yutilish chizig‘ining maksimal ordinatasiga mos keluvchi to‘lqin raqamlari qiymatlarini farqi sifatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash usuli bilan aniqlanadi. Uni o‘zi ishonchlanadigan spektrofotometr yordamida, va A ilovadagi A.1 jadvaldan olingan, o‘sha chiziqni maksimal ordinatasiga mos keluvchi to‘lqin sonini haqiqiy qiymatlari bilan aniqlanadi.
Standart namunalar sifatida polistirol plenkasi, inden, ammiak qo‘llaniladi yoki atmosferadagi suv bug‘i va uglerod dioksididan foydalaniladi.
Har bir disperslanuvchi element uchun A ilovada ko‘rsatilganlar qatoridan yutilishning uchta chizig‘i yoki polosalari tanlab olinadi. YUtilish chiziqlari yoki polosalari disperslanuvchi elementni spektral diapazonini boshlanishi, o‘rtasi va oxirida tanlash lozim. Standart namunalar, shuningdek spektrofotometrlarni qiyoslashda ularni qo‘llanilishlari G ilovada keltirilgan.
Polistirol plenkasini yoki ammiak bilan to‘ldirilgan kyuvetani spektrofotometrni o‘lchash kanaliga joylashtiriladi, va yutilish chizig‘i uch marta yoziladi. IKS-22, IKS-22A va IKS-22V turlardagi spektrofotometrlarda yutilish chizig‘ini maksimal ordinatasiga mos keluvchi to‘lqin sonlarini qiymatlarini blankadagi lupalar yordamida aniqlanadi. IKS-24 turdagi spektrofotometrlarda to‘lqin raqamlarini qiymatlari yutilish chizig‘ining maksimal ordinatasi blankiga yozilishi paytida, hisoblagich yordamida aniqlanadi. IKS-29 turdagi spektrofotometrlarda to‘lqin raqamlarini qiymatlari yutilish chizig‘ini maksimal ordinatasi blankiga yozish vaqtida to‘lqin sonlarini shkalasi bo‘yicha aniqlanadi.
Atmosferadagi suv bug‘lari va uglerod dioksidini yutilish chiziqlari bitta nurlanishli rejimda yoziladi. Har bir chiziq uch marta yoziladi. IKS-24 tipidagi spektrofotometrlarda spektrlarni olishda 5.3-jadvalga mos ravishda spektral diapazonga bog‘liq holda tirqishni kengliklari o‘rnatiladi:
5.3-jadval
IKS-24 tipidagi spektrofotometrlarda spektral diapazonga
bog‘liq holda tirqishning kengliklari
Spektralga xos diapazon, sm-1
|
Tirqish kengligi, mkm
|
3940...3750
|
40...70
|
1950...1400
|
100…150
|
600...400
|
800…1000
|
IKS-29 turdagi spektrofotometrlarda 1387,5 sm-1a to‘lqin soniga mos keluvchi atmosferadagi suv bug‘larni yutilish chizig‘i har ikkala panjaradan uch martadan yoziladi. Spektrofotometrlarda to‘lqin soni qiymatini ko‘rsatilgan usul bo‘yicha aniqlanadi.
Har bir yozuv bo‘yicha tafovutlar hisoblab chiqiladi:
Bu erda vi –ishonchlanayotgan spektrofotometrda yutilish chizig‘ini maksimal ordinatasiga mos keluvchi to‘lqin sonini qiymati;
- standartda ko‘rsatilgan o‘sha chiziqni o‘ziga mos keluvchi to‘lqin sonini haqiqiy qiymati.
Spektral diapazonning ko‘rsatilgan nuqtalari uchun to‘lqin soni qiymati shkalasini darajalashtirishdagi xatoliklarga har bir chiziq uchun Δv ni eng katta qiymatlari olinadi.
IKS-22, IKS-22A va IKS-22V turlardagi spektrofotometrlar uchun:
- barcha spektral diapazonda to‘lqin soni 0,5% dan ko‘p emas.
IKS-24 - turidagi spektrofotometr uchun to‘lqin soni qiymati shkalasini darajalashtirdagi yo‘l qo‘yiladigan absolyut xatoliklar chegarasi barcha spektral diapozonda 1 sm-1 dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
IKS-29 - to‘lqin sonlarini qiymatlari shkalasini darajalashtirishni yo‘l qo‘yiladigan mutlaq xatoliklari chegaralari: 4200…1000 sm-1 spektral diapazonida 0,1% to‘lqin sonidan ortiq emas va 1000...400 sm-1 spektral diapazonda 0,15% to‘lqin sonidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |