Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar



Download 1,89 Mb.
bet22/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Mustaqil tayyorlanish uchun savollar


        1. Analitik tarozilarni qo‘llanilishi.

        2. Analitik tarozilarini qanday turlarini bilasiz?

        3. Analitik tarozilarni ishlash prinsiplari to‘g‘risida gapirib bering?

        4. Analitik tarozilarni qiyoslash usulini so‘zlab bering?
    1. LABORATORIYA ISHI





pH- METRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: rN–metrlarni ishlash prinsipini o‘rganish va qiyoslash usullari bilan tanishish.
Vazifa: Turli eritimalarni o‘lchashni amalga oshirish. Asbobni qiyoslashni o‘tkazish.
Asboblar va uskunalar: rN–metr qurilmasi va har xil eritmalar.

Nazariy qism


pH-metr —turli xil eritmalarda, suvda, ozuqa maxsulotlarida va xom- ashyolarda, o‘rab turuvchi muxitdagi ob’ektlarda hamda texnologik jarayonlarni uzluksiz nazorat qilishga xos ishlab chiqarish tizimlarida, shu jumladan ishqoriy va kislotali muxit ob’ektlarida vodorod ko‘rsatkichi (pH ko‘rsatkichi) ni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobidir(4.1-rasm). Shu bilan birga, pH-metr eritmalarni taxlil qilish, xossalarini o‘rganish va monitoringini olib borishda, hamda modda tarkibidan toza uran va plutoniyni ajratib olishda qo‘llaniladi.


4.1-rasm. Laboratoriya uchun mo‘ljallangan pH–metrni umumiy ko‘rinishi.


pH-metrni ishlash prinsipi eritmadagi vodorod ionlarini pH vodorod ko‘rsatkichi faolliklariga proporsional bo‘lgan elektrod tizimidagi elektr yurituvchi kuch qiymatini o‘lchashga asoslangan. O‘lchash sxemasi, mazmuniga ko‘ra, ma’lum bir elektrod tizimi uchun (odatda o‘lchab beruvchi elektrod – shishali, yordamchi elektrod - xlor kumushli).
Asbobni kirish qarshiligi juda yuqori bo‘lishi kerak – kiruvchi tok esa 10−10 A dan ortiq bo‘lmasligi (yaxshi asboblarda 10−12A dan kam) kerak. bu esa zondni – shishali elektrod – zondning ichki qarshiligi yuqori bo‘lganligi uchun kirishlar orasidagi izolyasiya qarshiliklari 1011 Om dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu o‘lchash asbobi pH-metrni sxemasiga bo‘lgan asosiy talablar hisoblanadi.
Ilgari eritmalarni pH-ko‘rsatkichi yoki ularni elektr yurituvchi kuch qiymati potensiometr va sezgir galvonometrlar yordamida kompensatsiya usuli bilan o‘lchangan. Sxema muvozanatda bo‘lganda tok galvanometr orqali oqib o‘tmaydi, va yuklanish elektrodlarga ta’sir etmaydi – potensiometr shkalasi bo‘yicha elektr yurituvchi kuchni to‘g‘ri hisoblab chiqiladi. Xuddi shunday yo‘sinda ballistik galvanometrli usul qo‘llanilgan. Avval elektrodlardan kondensator zaryadlanadi, keyin u galvanometr ramasida zaryadsizlanadi, bunda maksimal og‘ishlari kondensator zaryadiga, binobarin kuchlanishga propotsional bo‘ladi.
Keyinchalik elektron lampalari asosida ishlovchi kuchaytirgichli asboblar paydo bo‘ldi. Maxsus bo‘lgan («elektrometrik») lampalar pikoamper tartibidagi tok oqib o‘tuvchi to‘rga ega, bu esa katta kiruvchi qarshiliklarni olishga imkon beradi. Bunday sxemalarning nuqsonlari bo‘lib, katta dreyf va muqarrar urinishlaridan kalibrovkani chiqishi va lampaning tavsiflarini o‘zgarishlari hisoblanadi.
Dreyf muammolarini va bir vaqtni o‘zida yuqori kirish qarshiligini xal etish, modulyator – demodulyator prinsipida qurilgan, kuchaytirgichli kompesatsion sxemalarga imkon berdi. Mexanik bo‘lgan kalit (vibro qayta hosil qiluvchi) navbatma-navbat uncha katta bo‘lmagan kondensatorni kirish va teskari aloqadagi zanjir bilan birlashtiradi. Agar ularda doimiy kuchlanish farqlansa,
unda kondensator orqali uncha katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tadi va u kiruvchi lampani to‘rli rezistorida o‘zgaruvchan kuchlanish yaratadi.
Keyinchalik tokni uzilib-uzilib turishlari bir qancha pog‘onalar bilan kuchaytirib turiladi, va sezuvchan demodulyator fazasiga qadam qo‘yadi (oddiy xolatda- elektromagnit birinchisini elektromagnitiga parallel ulangan xuddi shunday vibro qayta hosil qiluvchi). CHiqishda kirishdagi kuchlanish farqlariga proporsional bo‘lgan kuchlanish hosil qilinadi. Teskari aloqa zanjiri (rezistivli bo‘luvchi) kuchaytirgichni kirishlarida kuchlanishning nol bo‘lgan farqlarini quvvatlab turish uchun umumiy kuchlanish koeffitsientini beradi. Bu sxema dreyfdan xoli bo‘lib uning kuchaytirish koeffitsienti lampaning eyilish darajasiga deyarli bog‘liq emas. Bunday xollarda lampalarni o‘ziga ham qo‘yiladigan talablarni pasaytirish mumkin, ya’ni, qimmat bo‘lgan elektrmagnitli lampalar o‘rniga ommaviy qabul-qiluvchi kuchaytirgichli lampalarni qo‘llash mumkin. Masalan: “pH-340” pH-metr o‘lchash asbobi xuddi shunday lampa asosida ishlaydigan o‘lchash asbobi hisoblanadi.
Keyingi modellarda kontaktli qayta hosil qiluvchi o‘rniga dinamik kondensatorlar, keyinroq esa yorug‘lik impulslari (masalan ionomer EV-74) bilan amalga oshiriladigan fotoqarshiliklarga kalitlar qo‘llanilib borildi, kirishdagi lampa esa tranzistorlar bilan almashtirildi.
Hozirgi paytda ko‘pgina prezitsion, MOP-tranzistorli kirishi bo‘lgan operatsion kuchaytirgichlar, va oddiy ATSPlar ham kirish qarshiliklariga qo‘yilgan talablarni qondiradi. Elektr yurituvchi kuchni o‘lchaydigan elektrodli sistemalar haroratga kuchli bog‘liq bo‘lganligi tufayli, ular uchun termokompensatsiyali sxema muhim hisoblanadi. Dastavval, teskari bog‘lanishdagi murakkab ko‘prikchali sxemaga qo‘shilgan qarshilikni mis termometrlari yoki simobli termometr bilan o‘lchash qo‘llanilgan, harorat qiymatlari dastak bilan mexanik ko‘rinishda o‘rnatilgan va uning harorati simobli termometr yordamida o‘lchangan. Bunday sxemalar katta miqdorda rezisitorlarga ega bo‘lib ularni sozlash hamda kalibrovka qilish murakkab hisoblagadi. Hozirgi
vaqtda harorat ko‘rsatkichlari alohida bo‘lgan ATSP da ishlatiladi, barcha lozim bo‘lgan taxrirlarni mikrokontroller yordamida kiritiladi.
Kuchlanishning pH qiymatlariga taxminiy bog‘liqligi (shishali va xlor kumushli elektrod bo‘lgan tizimlar uchun) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  • ko‘pgina zamonaviy bo‘lgan shishali elektrodlarni shunday tayyorlaniladiki, xlor kumushli elektr yurituvchi kuch juftligida, pH = 7, ya’ni neytral muhitda bo‘lganda taxminan nolga teng bo‘ladi.

-asosiy (ishqoriy) pH da (biroq, odatda, shishali elektrodlar uchun chegara -14 dan oshmaydi) datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan −0,41 V gacha (14-7)
−0,059 = −0,41) oraliqda bo‘ladi. Masalan, pH 10 (neytraldan 3 birlik yuqori),
(10-7) −0,059 = −0,18V.

  • kislotali rN da, datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan +0,41V gacha oraliqda bo‘ladi. Masalan, pH 4 (neytraldan 3 birlik past), (3-7) −0,059 = +0,18V.

Bufer eritmalar bo‘yicha kalibrovka qilishda ikkita asosiy sozlash bajariladi: pH ni ma’lum bo‘lgan aniq qiymati bilan – nolni kuchaytirish va siljitish tiklik xarakteristikalari o‘rnatiladi. Xuddi shunday ravishda izopotensial deb ataluvchi nuqta (pH va, Ei) —pH qiymati va unga muvofiq bo‘lgan elektr yurituvchi kuch sozlanadi, bunda elektr yurituvchi kuch tizimi haroratga bog‘liq bo‘lmaydi. Zamonaviy elektrod tizimlarni (kuchli kislota va ishqorlar uchun maxsus elektrodlar bundan mustasno qilinadi) +/- 50mV oraliqlardagi elektr yurituvchi kuch va pH = 7 atrofida bo‘lgan izopotensial nuqtada qilinadi. Ushbu tavsiflar shisha elektodlarni har bir turi uchun ko‘rsatiladi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish