Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet19/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Birlamchi qiyoslash – torozilarni (qadoqlash toshchalari) ishlab-chiqarishda yoki ta’mirlashdan keyin yoki import bo‘yicha keltirishda o‘tkaziladi;
Davriy qiyoslash – unga foydalanilayotgan barcha torozilar (qadoqlash toshchalari) jalb qilinadi, bunday qiyoslashni davriyligi – yiliga 1 marotaba.
Lozim bo‘lgan tayyorgarchiliklardan keyin tarozilarni qiyoslash o‘tkaziladi. Siz foydalanishga yaroqli bo‘lgan torozini olasiz va Sizga sizni tarozingizni metrologik tavsiflari va boshqa parametrlarini, tashqi ko‘rinishini ham qo‘shib olganda, talablarga javob bermasligi tufayli yaroqsizlantirishi mumkin bo‘lgan vakolatlangan metrologik organga borish uchun o‘z vaqtingizni sarflashni keragi bo‘lmaydi.
Qiyoslashni berilgan massani aniqlik bilan o‘lchab beruvchi etalon qadoq toshchalari yordamida amalga oshiriladi. Aniqligi har xil bo‘lgan sinfga xos bo‘lgan og‘irliklar uchun toshlarni xilma-xil termasidan foydalaniladi: analitik torozilarga-1 mg dan va savdo-sotiq uchun 10 kg gacha. Torozilarni qiyoslashni uch etapda amalga oshiriladi:

  • birinchi etapda qiyoslash yuklanishsiz o‘tkaziladi va tarozilarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularni mo‘ljallangan yuklanishlarga munosabatlari kuzatiladi;

-ikkinchi etapda tarozi pallasi platformasining chetki va markaziy qismlariga maksimal maksimal tortilishi mumkin bo‘lgan yuklamaning 1/10 massasiga ega bo‘lgan namunavaiy qadoq toshchalarni qo‘yish orqali tekshiriladi;

  • uchinchi etapda ularni maksimal yuklatilishida torozilarni aniqligi tekshiriladi, bunda qadoq toshchalar platforma markaziga qo‘yiladi.

Agar torozilar qiyoslashdan o‘tsa va talabga to‘liq javob bersa, unda Davlat metrologik xizmatini vakili guvohnoma rasmiylashtiradi va moslama uchun o‘ziga xos qiyoslash sertifikati beriladi, taroziga esa maxsus tamg‘a bosiladi. Agar tortib ko‘rishdagi olingan ma’lumotlar pasportida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa, egasiga moslamani yaroqsizligi xaqida xabarnoma beriladi, unda tarozi kalibrovkalanishi yoki ta’mirlanishi lozimligi ko‘rsatiladi. Qiyoslashdan yaxshi o‘tgandan keyin guvohnoma (sertifikat) moslama egasiga beriladi, tarozini o‘zida esa - tamg‘a qoladi.
Analitik torozilarda chegaralangan og‘irlikdan ortiq bo‘lgan jismlarni tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu chegaraviy cheklanishlar torozilarni o‘zida yoki ularni pasportda ko‘rsatiladi, yoxud ilova qilingan barcha mayda qadoq toshlarni jamlanma og‘irligi sifatida aniqlanishi mumkin.
Ishlashda qulay bo‘lishi maqsadlarida ADK-200-M tarozilari dempfer (tebranishni pasaytiruvchi qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lib, u shayinning tebranishlarini so‘ndirishni shunchalik oshiradiki, milni harakatlanishi davriylashadi va u muvozanat holatda tebranib turmaydi, aksincha unga sekin yaqinlashib boradi hamda unga harakatlangan tomondan uni yaqinida to‘xtaydi.
Ushbu tarozilarda reyter mavjud emas. Tarozilari ularga qurilgan 10 dan 1210 mg gacha bo‘lgan milligrammdagi mayda qadoq toshlar bilan ta’minlangan, ular tarozilarni o‘ng pallasi zirkiga maxqamlangan. Toshchalar bilan boshqarish tarozi g‘ilofidan o‘ngda joylashgan aylanuvchi limba yordamida, dastaklar orqali amalga oshiriladi. Ichki limbani aylanishida o‘nlab mg larning, tashqi limbani aylanishida esa yuzlab mg larning irg‘itish yoki tushirib qoldirilishi bo‘lib o‘tadi. Tarozilar mili o‘zini quyi nixoyalarida ikkala tomoniga 0 dan 10 mg gacha
hisoblangan shkala bilan ta’minlangan. Optik qurilma yordami bilan mikroshkala tarozi ustuni oldidagi ekranga proeksiyalanadi.
Elektron tarozilarida tortib ko‘rish jarayoni tortiladigan yukni va qiymati torozini blokidagi xotirada saqlanadigan etalon kalibrovka yukni qiyyoslashdan iborat bo‘ladi. O‘lchash prinsiplariga qarab elektron tarozilari tenzotorozlar yoki elektromagnit tizimidagi tarozilar bo‘lishi mumkin.
Eng oddiy elektron tarozi bo‘lgan –tenzotarozili tortib ko‘rishlar, torozi pallasiga bog‘langan egiluvchan jism kuchlanishini o‘lchash vositasida bo‘lib o‘tadi. Elektromagnit tizimidagi tarozilar – bu dastaklar va prujinalarning murakkab tizimlari orqali tortiladigan yukni muvozanatlantirish asosan elektromagnit g‘altak va undan o‘tuvchi tokni o‘lchash yordamida amalga oshiriladigan tarozilardir. Bunday tarozilar uzoq muddatli foydalanishlarga ega, chunki ularda mexanik qismlari deyarli harakatlanmaydi - tarozilar har vaqt muvozanat xolatda bo‘ladi.

  1. Download 1,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish