Qiyoslashni o‘tkazish
Tashqi ko‘rik. Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda ko‘z bilan quyidagilar tekshiriladi:
EXga muvofiq xolda asbobning butlanganligi (IP, elektrodlar, biriktiruvchi simlar);
asbobga EXda uni metrologik tavsiflarining mavjudligi;
aalohida tok manbaining mavjudligi (lozim bo‘lganda);
korpusni, elektrodlarni, birlashtiruvchi simlarning (kabellarni) butunligi, asbobni me’yorda ishlashiga xalaqit beruvchi mexanik shikastlanishlarni yo‘qligi;
biriktiruvchi va uyachalarni tozaligi va butunligi;
EXga muvofiq holda aniqlik va markalashni to‘g‘riligi (asbobni ifodasi, tayyorlovchi korxonani nomi yoki maxsulot belgisi, IP zavod raqami, elektrodlarni zavod raqami, yoqib-o‘chirgichlarni, biriktiruvchilarni, uyachalarni va qisqichlarn ifodalanishi).
Foydalanishni murakkablashtiruvchi nuqsonlar mavjudligida yaroqsizlantiriladi va keyingi qiyoslashlarga qo‘yilmaydi.
4.2-rasm. rN-metrlarni qiyoslash uchun qurilma: 1 –suvli termostat ; 2 - etalon termometr; 3 - buferli eritmali stakan - rN ishchi etalon bilan
(attestatsiyalangan aralashmali); 4 – asbob tarkibidagi taqqoslash elektrodi (yordamchi elektrod);5 asbob tarkibidagi o‘lchovchi (shishali yoki ionoselektiv bo‘lgan) elektrod; 6 - asbob tarkibidagi o‘lchovchi qayta hosil qiluvchi; 7 – birlashtiruvchi kabelli termokompensator
E s l a t m a – O‘lchovchi va qo‘shimcha elektrodlar o‘rniga kombinatsiyalashtirilgan elektrodlardan foydalansa bo‘ladi.
Namunalash
Elektrik xavfsizlikga muvofiq ravishda ishlashni turlicha rejimlarida asbobni ishlashi tekshiriladi. O‘lchash diapozonlarini (chegaralarni) yoqib- o‘chirgichlarni xolatlarini va ishlash rejimini o‘zgartirishlarda va uni o‘zini berilgan xolatiga qaytishlarida asbobni ko‘rsatkichlari tiklanishi kerak.
E s l a t m a - Asboblarni galvanik elementlar ta’minoti bilan butlanganda ularning ishlash qobiliyatlari tekshiriladi.
Elektrik xavfsizlik ko‘rsatmalariga muvofiq 10 V dagi sinov kuchlanishlarda termometr bilan elektrodlarning biriktiruvchi simlar (kabellar)ni izolyasiyasi qarshiliklari va IP kiruvchi qarshiliklari tekshiriladi. Qarshiliklarning o‘lchangan qiymatlari elektrik xavfsizlik talablariga mos kelishi lozim.
Potensialni o‘lchash xatoliklarini elektrik xavfsizlik va IP talablariga muvofiq holda tekshiriladi.
Namunalash natijalari elektrik xavfsizlik talablariga mos kelmaydigan asboblar yaroqsizga chiqariladi va keyingi qiyoslashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |