Ritorika qadimgi davrda Sitseron, Kvintilian kabilar ijodida ishlab
chiqilgan va asoslangan. 0 ‘rta asrlar va yangi davrda (Rossiya,
M.V.Lomonosov ijodida) nazariy jihatdan rivojlantirilib, o‘zining
yangi pog‘onasiga ko'tarilgan. 19-asrga kelib esa adabiyot nazariyasi
fani tarkibiga kirib ketgan. Keyingi davrlarda
ritorika
termini
dabdabali, quruq safsatani anglatadigan b o iib qolgan (ritorika haqida
keyingi mavzuda batafsil to‘xtalamiz).
Voizlik.
Voiz
so‘zi arabcha bo‘lib, “jamoat
oldida nutq
so£zlovchi”, “voizlik bilan shug‘ullanuvchi kishi”, “malakali notiq”
ma’nosini anglatgan. Voizning maxsus nutqi
va'z
deyilgan. Voizlik
jamoat oldida nutq so'zlash, notiqlik san’ati ilmiy-siyosiy ma’raza,
bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng
ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’atdir.
Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat
va maxsus ijrochilik
salohiyati (chiroyli v a ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o ‘z
zamonasi uchun yetakchi tillami mukammal bilish kabi) ga ega
bo'lgan.
Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o‘zi jamoat
oldiga chiqib, o‘z siyosati, xalqaro ahvol
va boshqalar haqida nutq
so‘zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa, jum a namozi, hayit, navro‘z
kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo
urush boshlangandagi
yig'inlarda voizlik odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni
xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar -
voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan.
K eyinchalik uning tarm oqlari vujudga kelgan:
• d a b ir lik (boshqaruv m azm undagi);
• x a tib lik (diniy, siyosiy mazmundagi);
• m u z a k k irlik (diniy-axloqiy mazmundagi) kabi.
Voizlik tinglovchilaming xususiyatiga qarab yana turlarga
bo‘lingan:
• sultoniyot (yuqori tabaqa uchun);
• xutubu jihodiya (jangovar nutqlar);
• g ‘a rib o n a m aq om (oddiy xalq uchun) kabi.
Voizlik ijtimoiy va badiiy jihatdan
muhimligi tufayli asrlar
davomida rivojlana borgan. 0 ‘rta asrlarda voizlik san’ati nazariyasi,
talqin uslublariga bag‘ishlangan ilmiy, uslubiy va majmuaviy asarlar
yaratilgan. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus so h a-ilm i kalom, ilmi
balog‘a shakllangan.
27
Musulmon Sharqining yirik olimlari,
din arboblari, adiblar
ko’pincha yetuk voizlar bo‘lishgan. Bu borada Xoja Muayyad
Mehnagiy, Mavlono Riyoziy,
H usayn Voiz K oshifiy, M avlono
Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 20-asrda esa
mufti Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o ‘g ‘li va boshqalar so‘z qudrati
va jonli nutq san’ati bilan mashhur voizlar sifatida boiganlar.
Voizlik san’ati taraqqiyoti hozirgi
Do'stlaringiz bilan baham: