so‘zlari yoshlik,
quvnoqlik, baxt ramzi,
tun, qish
- baxtsizlik, o'lim,
azob,
kabutar
tinchlik ramzi kabi.
Sarkazm .
Sarkazm
grekcha so'z bo‘lib, achchiq kulgi,
istehzoli
ta’na, piching demakdir. Sarkazm ironiyaga yaqin turadi. U ko'proq
satirik asarlarda, satirik bayonlarda ishlatiladi. Sarkazm orqali
shaxsning qusurlari ustidan achchiq kulgu qilinadi.
Misollar:
1. Navoiy.
Xafa bo'lma, Gulim, zamon yanglishlar bilan to ‘la.
Itning boshi mis taboqda, azizlarning boshi esa yerda depsiladi.
Va’dalar unutiladL Ariqlar buziladi, gulistonlar cho4 b o ‘ladi.
Husayn (boshi quyi solingan). Nechun aw alroq bilmadim.
Yanglishdim.
Navoiy.
Rahnamo iblis b o ‘Igach, yanglishish tabiiydir. Tushgan
yo'lingiz g'oyat mudhish yo'l. Bu y o ‘ldan boruvchining qonlardan
kechib, kallalarni depsib o ‘tmay ilo jiy o ‘q.
Husayn (og'ir). Yetar, Alisher... Men sizdan bunchalar ta’nalami
kutmagan edim.
Navoiy.
Men sizni, meni Balxga yuborib, bunchalik marhamatlar
qilasiz, deb о ‘ylamagan edim.
(I.Sulton, Uyg'un)
Perifraza (tasviriy ifoda). Tasviriy ifoda - predmet,
voqea va
hodisani o ‘z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash
orqali ifodalovchi birikma:
oq o ltin -
paxta,
oq oltin ijodkori
- paxtakor,
kumush tola -
pilla,
zangori кета kapitani -
mexanizator va hokazo.
Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik,
obrazlilik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqib, lug‘at
tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takror
va qaytariqdan qochish
imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy
mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifoda faqat
jozibadorlik
va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini
kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning olg‘a
qadam
qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatni fosh qilish, undan kulish va unga
qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin,
tasviriy ifoda predmet, voqea-hodisaning o'z
nomi orqali yuzaga
chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va toTdirib
ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.
So'z m a’nosining kengayishi va ko'chgan holda qo'llanishi tilning,
ayniqsa, lug‘at tarkibining boyligini oshiruvchi omildan biridir. So'zni
ko'chma m a’noda qoTlash - lug'at boyligini ko'rsatuvchi, uslub
74
ravonligi, ifoda maztmuidorligini ta’minlovchi, obrazlilik yaratishga
xi2mat qiluvchi muhim vosita.
Tasviriy ifoda ko‘proq ot va sifat turkumiga mansub bo‘ladi.
Ba’zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda
Do'stlaringiz bilan baham: