PISA-o’quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo’yicha Xalqaro dastur bo’lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o’quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo’llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi- 15 yoshli o’quvchilar ta’lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliaytida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Testda faqat 15 yoshli o’smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo’nalishda: o’qish, matematika, va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo’yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o’zida 70 dan ortiq davlatlar PISA Xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi. Har bir davlat o’tkazilgan o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o’zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeyini ko’radi hamda ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini takomillashtirishda o’z yo’nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PISA-15 yoshli o’quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo’lib Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o’tkaziladi. Unda o’quvchilarning bilim sifati o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha monitoring qilinadi ba 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastur ko’magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o’zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi.Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni mamlakatdagi jami15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
PISA-o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
TIMSS — maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar
bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan fanlarni o‘zlashtirish
holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi. Tadqiqot to‘rt yilda bir marta dunyoning ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlari, xususan, AQSHning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning Sekretariati ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslahat qo‘mitalari tashkil tiladi. Xalqaro monitoring sari ilk qadam Mamlakatimizda ham TIMSS xalqaro monitoring tadqiqotiga bosqichma-bosqich qadam qo‘yilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan tashqi monitoring jarayonida ushbu xalqaro baholash materiallaridan qisman foydalanish orqali o‘quvchilar xalqaro talab darajasiga o‘rgatib borilmoqda.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotining TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash tadqiqotlarida O‘zbekistonning ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.
TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
Uchrashuv avvalida OECDning TALIS bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi.
Tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga o‘xshash bo‘lib, qaysi bosqich o‘qituvchilarini tanlash, nechta tilda so‘rovnomalar o‘tkazilishini belgilash OECD va davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘zda tutiladi.
Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, endi 6 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib, natijalari 2020-yili mart-aprel oylarida e’lon qilinadi.
33. Pedagogik testlar metodologiyasi
Test topshiriqlari – ta’lim natijalarini xolisona nazorat qilishning didaktik va texnologik vositalaridan hisoblanadi.
Pedagogik test talabalar bilimlarini xolis baholash samarasini beradi, chunki bu
baho uni qo’yayotgan odamga bog’liq bo’lmaydi. U barcha tekshiriluvchilarga bir xil qo’llanadigan qilib tuzilgan mezon bo„yicha to„g„ri yechilgan test topshiriqlari foizi
asosida aniqlanadi. Shuning uchun pedagogik test to„la asos bilan o„qitish natijalarini aniq va ishonchli baholashga imkon beradigan pedagogik o„lchov quroli deb ataladi. Ammo bunday baholash faqat ilmiy talablarga rioya qilingan holda tuzilgan, tekshiriluvchan va me‟yoriga yetkazilgan sifatli test tufayligina amalga oshirilishi mumkin.
Pedagogik testlardan foydalanilganda ta‟lim tizimining barcha bo’g’inlarida
O’qitish sifatini so„zsiz oshirish mumkin bo„lgan yetarli ijobiy imkoniyat mavjud. Test O’tkazish, o’qitishni olib borish va uning natijalariga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sifatli testlar bilish faolligini oshirishga qodir, ular talabalar faoliyatida yuqori Mo’ljallarni belgilaydi, aksincha yomon tuzilgan testlar ta’lim jarayonida teskari samara berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |