30. Ta’lim maqsadlariga erishilganlik darajalari, me’zonlari
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash
natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga, talabalarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli
xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo’yilgan
talablar nechog’lik bajarilayottanligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning
komponentlari tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimidA kutilayotgan
natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o’lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta’lim rejasi, uning katta-kichik Bo’limlari asosida amalga
oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ham
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham
baho beriladi.
Ta’lim dasturining qism va bo’laklari bo’yicha muntazam baholab borish
oxir-oqibat aniq va adolatli baholanishning shakllanishiga olib keladi. Kichik
bo’limlar bo’yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning
aniq bo’lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o’z natijalari
to’g’risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro’yobga
chiqarishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o’lchab borish bilim, ko’nikma
va malakalarni baholash ta’lim oluvchichining o’zligini anglashi uchun bir
imkoniyatdir.
Baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar:
ta’lim maqsadiga yo’nalganlik;
muntazam o’tkazib borish;
pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
Baholash tizimlari. Hozirda Respublikamizning oliy ta`lim muassasalarida
quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda:
Baholashning “besh ballik” tizimi.
Baholashning reyting tizimi.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi, ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkichlar (“besh”, “to’rt”, “uch” va “ikki”) kabi sonlar yoki (“a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniarsiz”) kabi so’zlar yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o’zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo’yiladigan baho ko’rsatkichining tavsifidan iborat.
Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan belgilangan o’quv
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga
ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o’quv maqsadlari bo’yicha natijalarga
baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis
baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash
imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa,
natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o’lchanadi.
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:
o’quv maqsadiga muvofiq baholanadi;
ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini ob’ektiv baholaydi;
ta’lim oluvchi olgan bahosida yo’l qo’ygan xatolarini yaqqol ko’rsatib
beradi;
baholanuvchini ta’lim olishga yo’naltiradi;
baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz
tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o’z bilimi va malakalariga bo’lgan
ishochini oshiradi;
hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarni o’rnatadi;
ta’lim mazmunini aniqlab beradi;
baholanuvchilarning o’z faoliyati natijalariga bo’lgan mas’uliyatini
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |