Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari


I BOB. INNOVATSIYA LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH VA



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana11.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#776586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari

I BOB. INNOVATSIYA LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH VA 
AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI 
 
1.1. Innovatsiyaning iqtisodiy mazmun-mohiyati va iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashdagi ahamiyati 
O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
siyosatning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun bazaviy sohalarda 
ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangi va zamonaviy texnologiyalarni faol 
joriy qilish va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va hududlarda 
tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va 
mutanosiblikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab 
chiqarish salohiyatini oshirish lozimdir. 
Bunda mazkur maqsadga erishishda, xususan, bugungi kunning ilm-fan 
yutuqlaridan keng va samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi 
avlod texnologiyalarini joriy etish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va 
sohalarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda 
innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarga suyanib, 
ularni o’z iqtisodiyotimizga ko’chirib olib kelish bilan chegaralanib qolmasdan, 
balki, milliy amaliyot va yutuqlarimiz bilan yuqori darajalarga erishish, buning 
uchun barcha imkoniyat va salohiyatlarimizni ishga solish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
O’zbekistonning ijtimoiy yo’naltirilgan kuchli demokratik davlatni barpo 
etish 
yo’lidagi mamlakatni ijtimioy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi 
iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida keng ko’lamli modernizatsiyalashni 
amalga oshirish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli va samarali 
foydalanishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish, buning uchun turli mulk 
shaklidagi xo’jalik sub’ektlarining mazkur jarayonda faol va samarali qatnashishini 
ta’minlash, buning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga asoslanganligi 



innovatsiya faoliyati va uni moliyalashtirishni tashkil etish va takomillashtirish 
hamda u bo’yicha tadqiqotlar olib borishni taqazo etmoqda. 
Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari va qulay 
muhitining 
yaratilganligi, 
ochiq 
raqobat 
sharoiti 
va 
yuqori 
iqtisodiy 
manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil 
etish, kengaytirish va o’zgartirishlarida innovatsiya loyihalarini joriy etishga 
bo’lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning 
mazmun-mohiyatini kengroq o’rganish, innovatsiya faoliyatini tashkil etish va 
moliyalashtirishga bo’lgan munosabatlarning rivojlanishiga olib kelmoqda. 
Shunday ekan, innovatsiyaning o’zi nima, degan savolga to’liq javob topish 
unga bo’lgan munosabatni to’g’ri belgilash va tashkil etishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
―Innovatsiya‖ tushunchasi birinchi marta XX asr boshlarida xorijlik 
madaniyatshunoslar ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’lgan va qo’llanilgan bo’lib, bir 
madaniyatning ayrim elementlarining boshqasiga joriy etilishini bildirgan. 
―Innovatsiya‖ atamasi lotincha ―innovato‖ so’zidan olingan bo’lib, yangilash 
va yaxshilash degan ma’noni anglatadi. Umumiy mazmunda mazkur atama 
odamlar tomonidan, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul 
qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushunilgan. 
―Innovatsiya‖ atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida 
qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatilgan. 
Mazkur atamaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, 
qachonki, har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari 
tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish), o’shanda xalq ommasi tomonidan tan 
olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo’llash jarayonini bildiradi va 
yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – 
innovatsiya (yangilikni joriy etish)ga aylanadi. 
―Innovatsiya‖ atamasi bugungi kunda juda keng qo’llanilishi uning 
mazmun-mohiyatini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni yanada kuchaytirmoqda. 
Shu sababdan mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini tadqiq etgan va 


10 
ochib bergan ayrim iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganishni o’z oldimizga 
maqsad qilib oldik. 
Jumladan, rus iqtisodchi-olimi I.T. Balabanov fikriga ko’ra: ―innovatsiya – 
nazorat, hisob, rejalashtirish usuli, tahlilga qabul qilishning yangi shakllalarini 
qamrab olgan holda yangi texnika va texnologiyaga, ishlab chiqarish, mehnat, 
xizmat ko’rsatish, boshqarishni tashkil etishning yangi shakliga kapitalni 
kiritishdan olingan moddiylashgan natijani o’zida namoyon etadi‖
1

Shuningdek, A.B. Borisov innovatsiyalarni quyidagicha ta’riflaydi: 
―innovatsiya texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqish, yaratish va tarqatish, 
yangi tashkiliy shakllarni joriy etishga qaratilgan ijoiy faoliyat natijasini 
anglatadi‖
2

V.G. Medinskiy olib borgan izlanishlari asosida quyidagi xulosaga kelgan: 
―innovatsiya sifatida olib borilgan ilmiy-tadqiqot yoki avvalgiga o’xshash turidan 
sifat jihatdan farq qiluvchi yangisining yaratilishi natijasida ishlab chiqarishga 
joriy etilgan ob’ekt tushuniladi‖
3

Rus olimlaridan V.V. Glushchenko, I.I. Glushchenkolarning mazkur 
atamaga bergan ta’riflari quyidagichadir: ―innovatsiya – tovarlar, xizmatlar va 
texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarning yangi turlarini ishlab 
chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo’naltirilgan ijodiy va investitsion faoliyat 
natijasi‖
4

R.A. Fatxutdinov esa ―innovatsiya – ob’ektni boshqarishni o’zgartirish va 
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa turdagi samarani olish 
maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi‖, deb baholaydi
5

Shunga o’xshash ta’rifni V.L. Popov tomonidan ham berilgan bo’lib, unga 
ko’ra: ―Innovatsiya – bozorda sotiladigan yangi turdagi yoki takomillashgan 
mahsulotning, amaliyotda foydalaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik 
1
Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2001. – С. 41. 
2
Борисов А.Б. Большой экономический словарь. – М.: Книжный мир, 2000. – С. 185. 
3
Медынский В.Г. Инновационный менеджмент. – М.: ИНФРА-М, 2002. – С. 28. 
4
Глущенко В.В., Глущенко И.И. Исследование систем управления: социологические, экономические, 
прогнозные, плановые, экспериментальные исследования. 2-е изд. – М.: ООО НПЦ «Крылья», 2004. С.30. 

Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2004. – С. 19. 


11 
jarayonning amalga oshirilishini hosil qiluvchi innovatsiya faoliyatining yakuniy 
natijasi‖
1
deyilgan. 
O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlar ham ―innovatsiya‖ atamasining iqtisodiy 
mazmun-mohiyatini ochib berish bo’yicha katta izlanishlar olib borishgan va 
o’zlarining zamonaviy talqindagi ta’riflarini ishlab chiqqanlar. Shular jumlasida 
iqtisodchi-olimlar R.I. Gimush, F.M. Matmurodovlar tomonidan innovatsiya 
deganda ―yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik 
zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim‖, 
deya ta’rif berilgan
2

B.E.Toshmurodova, N.Jiyanovalar fikriga ko’ra: ―innovatsiya tushunchasi 
o’z ichiga faqat texnik izlanishlarni olmasdan, balki korxona ishi usulidagi barcha 
yaxshi o’zgarishlarni (yangi xizmatlar, pastroq narxlar belgilash va boshqa 
mijozlar uchun qulay sharoitlar yaratish) oladi‖
3

Jahon banki tomnidan mazkur atama mazmuniga berilgan ta’rifda ham 
o’ziga xoslikni ko’rish mumkin: ―innovatsiya – texnologiyalarni anglatadi yoki 
ushbu jamiyatda nimadir yangi narsa amaliyotda qo’llanilishini anglatadi‖
4

Umuman olganda, innovatsiyalar mazmuni bo’yicha boshqa iqtisodchi-
olimlarning nazariy qarashlarini yana ko’plab keltirish mumkin. Biroq, olib 
borilgan tadqiqotlarimiz asosida biz o’zimizning quyidagi ta’rifni ishlab chiqdik va 
uni bugungi kunda mazkur atamaning iqtisodiy mohyatini to’liq ochib berishga 
etarlicha xizmat qiladi, deb o’ylaymiz: 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish