Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
9
-
turizm sohasi xodimlarini turistlarga axborot berish ishlari va xavfsizlik 
boʻyicha yoʻriqnomalarni oʻtkazish qoidalarga oʻqitish boʻyicha tizimni ishlab 
chiqish va joriy qilish; 
-
ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali turizm 
sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek turizm 
sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil etish uchun, shu jumladan 
hududlarda ta’lim muassasalari sonini oshirish; 
-
turizm sohasida kadrlar tayyorlash uchun yetakchi xorijiy oliy oʻquv 
yurtlari filiallarini ochish.[3] 
Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish professional kadrlar 
tayyorlash borasida integratsiyalashgan tizimni yaratish, ta’lim va xizmat koʻrsatish 
sifatini oshirish, yuqori malakali gid va tarjimornlarga boʻlgan boʻlgan ehtiyojni 
toʻla ta’minlashga xizmat qiladi.
Mamlakatimizning bir qancha oliy oʻquv yurtlarida 
(OʻzMU, TDIU, UzDJTU, SamISI kabilar) turizm, xalqaro turizm, turizm 
menejmenti, turizm xizmatlari operatorligi, turizm marketingi kabi oʻquv 
yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilmoqda. Turizm 
sohasini rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi omillar orasida kadrlar 
malakasining yuqoriligi ham muhim ahamiyatga ega. Turizm sohasida innovatsiyalar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Soha yangiliklaridan boxabar va zamonaviy bilim, 
koʻnikmalarga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha 
har bir oʻtiladigan fan doirasida shu yoʻnalishga oid innovatsiyalar, xususan, ИТ 
bilan bog’liq innovatsiyalar oʻqitilishi, tegishli mavzular oʻquv dasturlariga
kiritilayotganligi
turizm sohasida va axborot texnologiyalar fanlarini integratsiya 
qilgan holda joriy qilinganyotganligi maqsadga muvofiq. Zero, 
Axborot 
texnologiyalari turizmda raqobatbardoshlikni oshirish uchun zamonaviy innovatsion 
manba hisoblanadi. Ular turistik faoliyatning barcha darajalarida yangi 
raqobatbardosh ustunliklarni yaratishga imkon beradi. 
Turizm sohasida Karmen Babaita, Gabrriyela Sipos, Andreia Ispas va Andrea 
Nagular tomonidan “Ledership style and culture for innovation in hotel industru”- 
deb nomlangan darsligida boshqa tarmoqlar bilan taqqoslaganda turizm sohasini 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
10
rivojlantirishda innovatsiyalardan foydalanishga ikki barobar e’tibor qaratish
lozimligi va bu sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha fikr-
mulohazalar yuritiladi.[4] 
Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning ustuvor 
yoʻnalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasida iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishi 
uchun ilm-fan yutuqlari va innovatsion ishlanmalardan keng foydalanish, qoʻllab-
quvvatlash hamda ragʻbatlantirish masalalariga alohida urgʻu berilgan. Joriy yilda 
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi 
Qonuni aynan ushbu maqsad va vazifalar yechimiga xizmat qiladi. Oʻzbekiston 
Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi qonuni 10-moddasida 
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning 
yoʻllari sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilangan: 
-innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
-innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; 
-innovatsion 
faoliyat sub’yektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va 
preferensiyalar berish; 
- Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun 
hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga 
oid davlat buyurtmasini bajarish; 
-innovatsion 
faoliyatni moliyalashtirishga xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar 
mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish; 
- ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilgʻor texnologiyalarning 
kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida ularning davlat xaridlarini 
tashkil etish; 
-innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va 
ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish [5]. 
Iqtisodiyotning barcha jabhalaridagi kabi turizm sohasiga ham innovatsiya 
keng miqyosda tatbiq etilmoqda. Xususan, turoperator iste’molchini qiziqtirishi, 
uning e’tiborini qaratishi uchun oʻz amaliyotida yangiliklarga murojaat etishi taqozo 
etiladi. Bunday holda yangilik sayyohlarni jalb etishning muhim vositasi sifatida 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
11
namoyon boʻladi va muhim rol oʻynaydi. Kelgusi istiqbolda 
turizm sohasini 
innovatsion rivojlantirish,
 
iqtisodiy oʻsish va mamlakat raqobatbardoshligini 
ta’minlashning asosini innovatsion omillar belgilaydi. Jumladan, turizm sohasida 
ham innovatsiyalar oʻz-oʻzidan shakllanmaydi, balki uning rivojlanishini belgilovchi 
muayyan omillar ta’sirida taraqqiyotga erishiladi. Turizm sohasida innovatsion 
rivojlanishni belgilovchi omillar mavjud.Ular quyidagilar: ichki va xalqaro 
bozorlarda bozorga oid raqobat, fan-texnikaning rivojlanish darajasi, qonuniy va 
me’yoriy asos, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, resurslar yoki tabiiy, ishlab 
chiqaruvchi, moliyaviy, ilmiy-texnik, texnologik va infratuzilma, raqobatbardosh 
kadrlar, yuqori malakali mutaxassislar, yetuk olimlar menejerlar, tadbirkorlar. Turizm 
sohasini rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi omillar orasida kadrlar 
malakasining yuqoriligi ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, mazkur omillar 
bilan birga turistik korxonalarda innovatsion faoliyatni yoʻlga qoʻyish, innovatsion 
muhitni yaxshilashga qaratilgan qonunlar doirasida ta’sirchan huquqiy normalar 
tizimini shakllantiradigan institutsional asoslarning ishlab chiqilish darajasiga ham 
bogʻliq.
B
ugungi kunda barcha sohalar qatorida turizm sohasining turli yoʻnalishlar 
boʻyicha innovatsion faoliyat rivojlanmoqda. Turizm sohasida innovatsiyaning 
maqsadi turistlarning ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda tadbirkorga daromad 
keltirishdan ham iborat. Xususan, turizm sohasida innovatsion faoliyat korxona va 
turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq innovatsiyalar, marketing innovatsiyalari va 
davriy innovatsiyalardan iborat.Turizmda innovatsiya - muayyan tavakkalchilik xavfi 
bilan bogʻliq istalgan yaratuvchanlik faoliyatining aniq mahsuli boʻlib, u turistik 
bozorda tubdan farq qiluvchi, ehtiyojlarni yanada toʻlaroq qoniqtiruvchi mahsulotlar, 
xizmatlarning ilgari surilishi va joriy etilishini ta’minlaydi.Turizm sohasi jadal 
rivojlanayotgan, yuqori daromad keltiruvchi istiqbolli tаrmоqlardan bo’lib
milliy 
iqtisodiyot manfaatlarni hisobga olish bilan bir qatorda ma’daniy va ijtimoiy aloqa 
va munosabatlarni ham oʻz ichiga oladi. Bu soha millat va ellatlar bir-birlarining 
milliy qadriyatlarini,turmush tarzlari bilan tanishish va yaqindan doʻstona 
munosabatlar oʻrnatish uchun munosib imkoniyatni yaratadi. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
12

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish