Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

Ichki turizm
– bu faqat shu mamlakat ichida sayohat qiladigan bir mamlakat 
aholisi ishtirokidagi turizmdir. Uyidagi bayram – o’sha mamlakatda o’tkazilgan ta’til. 
Britaniya ingliz tilida buni turar joy deb ham atash mumkin. Xorijiy tillarni bilish 
qobiliyati cheklangan yirik davlatlar uchun, masalan, Rossiya, Brazilya, Germaniya, 
Ispaniya va Aqsh uchun umumiy turizm sohasida ichki turizm juda katta rol 
o’ynaydi.


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
319 
Chiquvchi turizm
- bu o’z mamlakatidan tashqarida va odatiy muhitidan 
tashqarida, dam olish, ish va boshqa maqsadlar uchun ketma-ket 12 oydan ko’p 
bo’lmagan vaqtlarda sayohat qiladigan va u yerda yashaydigan ma’lum bir mamlakat 
aholisining faoliyati. 
Kiruvchi turizm
– bu xalqaro turizm hisoblanib, (norezidentlarning ma’lum bir 
mamlakatlarga borishlari) va ma’lum bir mamlakat rezidentlaring “chiqish 
turizmlari” ga aytiladi.
Ovchilik turizm
-jamiyatimizda ov qilishning huquqiy – qonuniy choralari 
yaratilgan bo’lib, ov qilishning turli xil yo’nalishlari borasida katta salohiyatga ega 
bo’lgan tabiiy-hududiy mintaqalarning, daryolarning, suv havzalarning mavjudligiga 
aytiladi. 
Alohida ta'kidlash lozim va rag'batlantiruvchi turizm- kompaniya o'z xodimlari 
uchun ajoyib ish uchun mukofot sifatida maxsus tashkil qilgan sayohatlar. 
Operatorlar ko'pincha yuqori darajadagi xizmat va boy ekskursiya dasturini taklif 
qiluvchi alohida 
"rag'batlantiruvchi"
turlarni ishlab chiqadilar. 
Turizm sohasiga oid terminalogiyada Otel (mehmonxona), nomer ( xona), 
marshrut (yo’nalish), reception (ma’muriyat), turist(sayyoh), agentlik (tashkilot) va 
boshqa shu kabi terminlar uchraydi. Bu atamalarning birinchi birliklar xalqaro 
terminoelementlardan iboratligi uchun hamma uchun tushunarli hisoblanadi, 
ikkinchilari o’zimizga tushunarli milliy-madaniylikni ko’rsatadi.Otel (hotel) – 
mehmonxona “otel” leksik atama turizm sohaisga oid darsliklarda va mutaxassislari 
nutqida ko’rish mumkin. Nutqimizda “Mehmonxona” va ruscha “гостиница” tez tez 
qo’llaniladi. Shuningdek, “hotel” inglizcha varianti ham hamma joylarda ko’rish 
mumkin.[3] Mehmonxonalarga kirganizda xonalar raqamlanganligi uchun ularga atab 
“nomer” terminidan foydalaniladi. Xalqaro turizm sohasida terminologioyasini ko’rib 
chiqayotib, accommodation – room ikkala termin ham xona degan ma’noni beradi. 
Sayyoh (turist), sayohat (turizm) – dublet terminlar hisoblansada, sohasi 
bo’yicha turli xil farqlarga ega. Boshida aytganimizdek, Turizmni sayohatlardan 
ajratib turuvchi jihati maqsadli va ommaviyligidadir.Sayyoh termini turist so’ziga 
nisbatan kengroq ma’noga ega. Turist – bu turizm bilan shug’ullanadigan kishi; dam 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
320 
olish, davolanish, hordiq chiqarish yoki tijorat maqsadida sayohat qilish. Sayyohni 
farqlaydigan bo’lsa, u shundayu ta’riflanadi izohli lug’atlarda, kasb turi, odamlarning 
kun ko’rish manbai yoki sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi 
mumkin. Yuqoridagi atamlar dublet terminlar deb aytilsada, semantic nuqtai 
nazardan farqli shaklga ega. Turizm sohasidagi mutaxassis esa bu jihatlarni a’lo 
darajada o’rgansa maqsadga muvofiqdir. 
Adminstratsiya terminiga o’zbekcha ma’muriyat so’ziga to’g’ri kelsa-da,
hozirda uning o’zlashma shakli faol qo’llaniladi. Shuningdek, mehmonxonalarda 
kelib – ketuvchilarni ro’yxatga olish bilanshug’ullanuvchi bo’limini bildiruvchi 
ma’muriyat atamasini ikkita sinonimi bor (administrasiya, reception).
Bronlamoq atamasini baynalmilal xarakterga jihati bor bo’lib, u bandlash so’zi 
bilan sinonim bo’la oladi. Turizm izohli lug’atida har ikkala shakli ham keladi. Bron 
(bandlash) varqasi sayyohlar guruhining vakili bo’lgan insonning aniq 
buyurtmasidir.[4] So’zlashuv jarayonida bronlash variantini ham faol ishlatamiz.
Terminlar sinonimiyasi har doim terminologiyaning muomolaridan beri hisoblanadi. 
Yangi tushunchaga berilgan so’z o’sha tilga kirib, lisoniy fonddan mustahkam joy 
olguniga qadar uning o’zlashma shakli iste’molda faol qo’llanib turadi ma’lum 
muddatgacha. 
O’zbek tili turizm terminologiyasida polisemiya va antonimik hodisalar 
uchramaydi, rus va ingliz tillaridan farq qiladi. Turistik tushunchalarni izohlashda 
ularning eng asosiy tarafi – termin aniqlab kelgan ma’no asos qilib olinadi. “O’zbek 
tilining izohli lug’atiga” bir nechta turistik terminlar kiritilgan bo’lib quyida ularni 
ko’rib chiqamiz:
1.GID- (Yo’lboshlovchi) sayohatchilar yoki ekskursionistlarga hamrohlik 
qiladigan va ular ko’rayotgan diqqatga sazovor joylarni tushuntirib beradigan inson. 
2. Turist-sayohat bilan shug’ullanuvchi shaxs. 
3.Treking-(izidan quvish, axtarish, qidirish) piyoda yurish, yo’nalishini eng 
xavfli yo’llarda piyoda bosib otish turi. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
321 
4.Rafting-(solda suzish) tog’li daryolarda, qayiqlarda sun’iy eshkak eshish bilan 
sayohat qilish turi. 
5.Villa-(qishloq uyi) dengixzlarga yaqin, shahar tashqarisiga quriladigan 
hashamatli uy. 
Xulosa qilib aytganda, O‘quvchi-yoshlar va talabalarning sog‘lig‘ini 
mustahkamlash, kasb-hunar yo‘lidagi nazariy bilim hamda amaliy malakalarini 
takomillashtirishda sayohatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy 
jarayondir.Izohli lug’atlarda turistik terminlar uchun tayyorlanadigan maxsus 
lug’atlarda terminlarning keltirilishi va izohlanishi o’rganuvchining shu fan bo’yicha 
eng muhim va umumiy tushunchalar bilan tanishtirishga va va bilimlarini 
takomillashtrishga hamda mustaxkamlashga xizmat qiladi.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish