Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

 
Conclusion 
Literary language is standardized in terms of grammatical structure and 
vocabulary. Literary language differs from dialects and jargons in that it is 
standardized. Literary language requires the legal use of words uniformly, the use of 
word meaning in style in a lexical-semantic manner, the correct expression in terms 
of morphological structure and syntactic device.
REFERENCES:
 
1.
Arnold I.V. "Lexicology of modern English" 1966
2.
Медникова Э.М. “Значение слова и методы его описания” 1974


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
312 
3.
Ильиш Б.А. “Основы теории изучаемого языка” 1975 
4.
Винокур Г.О. “О языке художественной литературы” М.Высшая школа, 
1991.стр 21 
5.
Реформатский А.А. Введение в языковедение М.Изд. АН СССР. 1961 
 
 
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA NUQSONLARNING 
VUJUDGA KELISH SABABLARI VA ULARNING ZAMONAVIY 
YECHIMLARI 
 
Abdullayeva Feruza Suyunovna
Huquqshunos 
Babadjonov Atabek Davronbekovich 
Yurudik fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)
Toshkent davlat yuridik universiteti 
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayonida 
normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarni vujudga kelish sabablarini oʻrganish va 
ularni bartaraf etish, oʻz navbatida, ushbu sohada kompleks chora-tadbirlarni hayotga 
tadbiq etishni taqazo qiladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlarning nuqsonlarini oldini olish, aniqlash va bartaraf 
qilish faoliyatining muvaffaqiyati koʻp jihatdan norma ijodkori tomonidan 
nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini koʻrib chiqishga bogʻliq, chunki ma’lum bir 
hodisaning boshlanish mexanizmlarini anglash orqali biz ushbu hodisaga ta’sir 
oʻtkaza olamiz. 
Normativ-huquqiy hujjatlarda nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini, norma 
ijodkorining nuqsonning bor yoki mavjud emasligiga ta’sir qilish imkoniyatiga qarab, 
ikki guruhga ajratish mumkin – ob’yektiv va sub’yektiv. 
Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda ob’yektiv va sub’yektiv omillar asosida 
qonunchilikdagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash koʻp jihatdan bu 
boradagi muammolar yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borish va ular natijasida 
olingan nazariy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishga bogʻliqdir [1]. 
Ob’yektiv sabablarning mavjudligi norma ijodkorining xohish-irodasiga 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
313 
deyarli bogʻliq emas. Biroq, bu norma ijodkorligi (sabablarning ob’yektiv tabiatini 
bahona qilgan holda) harakatsiz qolishi mumkin degani emas, ya’ni nuqsonlar kelib 
chiqishini oldini olish maqsadida, u agar iloji boʻlsa, ob’yektiv sabablar ta’sirining 
salbiy oqibatlarini zararsizlantirishga imkon beradigan muhim omillarni oldindan 
koʻrib chiqishi lozim. Sub’yektiv sabablar huquq ijodkorligining irodasi bilan 
vujudga keladi, shuning uchun ularga ta’sir oʻtkazish va, natijada, ularni bartaraf 
qilish huquqshunoslik fani va amaliyotining asosiy vazifasidir. 
Ilmiy adabiyotlarda nuqsonlarning sabablarini aniqlashga urinishlar yetarlicha 
koʻp boʻlgan. Barcha qarashlarni shartli ravishda uch guruhga boʻlish mumkin. Ba’zi 
mualliflar ma’lum bir normativ-huquqiy hujjat guruhidagi nuqsonlarning sabablarini 
aniqlash bilan shugʻullanishgan. Xususan, S.I. Sybulyak saylov normalaridagi 
nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan [2]. Boshqalar esa sabab va uning 
namoyon boʻlishi – oqibati oʻrtasida aniq farqlarni koʻrsatmagan. Masalan, M.A. 
Jilsov huquqiy tartibga solishning noaniqligi, normalarning bir-biriga qarama-
qarshiligi, mantiq va tilshunoslik qoidalarining buzilishi kabi texnik-huquqiy 
sabablarni alohida ta’kidlaydi [3]. Bizning fikrimizcha, yuqorida aytib oʻtilganlarning 
barchasi bu nuqsonlarning paydo boʻlish sabablari emas, balki ularning turlaridir.
Boshqalar esa ushbu muammoni huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlarning xususiyatlari, shuningdek huquq ijodkorligiga xos xususiyatlar 
orqali nuqsonlarning sabablarini ochib bergan holda koʻrib chiqishga harakat qildilar. 
Xususan, G.A. Marzak va D.A. Machinskaya nuqsonlar kelib chiqishining asosiy 
sabablari sifatida – ijtimoiy munosabatlarning koʻp qirrali boʻlishi; huquq 
ijodkorligining kasbiy mahoratining yetishmasligini koʻrsatadilar [4]. 
Fikrimizcha, uchinchi nuqtai nazar toʻgʻri hisoblanadi, chunki muammoga 
faqat yuzaki yondashish uning barcha tomonlarini koʻrishimizga va, shu bilan, 
normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlar kelib chiqishining sub’yektiv sabablarini 
oldini olish hamda ob’yektiv sabablar tufayli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning 
oldini olish boʻyicha toʻliq tartib-taomillar toʻplamini ishlab chiqishga imkon beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda nuqsonlarning paydo boʻlishining ob’yektiv 
sabablariga quyidagilarni kiritish mumkin: 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
314 
– huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning murakkabligi va 
harakatchanligi; 
huquqiy tartibga solishning koʻp qirrali xususiyati, tabiati boʻyicha huquqiy va 
nohuquqiy ijtimoiy munosabatlarni ajratishning aniq mezonlari mavjud emasligi; 
– mavhum normalarni shakllantirish boʻyicha yuqori intellektual faoliyatni 
amalga oshirish; 
– ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini bashorat qilish va buni huquqiy 
normalarda aks ettirishning ob’yektiv murakkabligi. 
Nuqsonlar kelib chiqishining sub’yektiv sabablariga: 
– normativ-huquqiy hujjatning mazmuni, shakli, ishlab chiqish va qabul qilish 
tartibi uchun koʻrsatiladigan yuridik texnikaning asosiy talablarini oʻz ichiga olgan 
normativ-huquqiy asoslarning mavjud emasligi; 
– zarur kasbiy tayyorgarlikning yoʻqligi sababli huquq ijodkorining kasbiy 
mahoratining yetarli emasligi; 
– normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy foydasiz loyihalarining ilgari 
surilishi. 
Yuqoridagi sabablarning ayrimlarini batafsil tahlil qilsak, masalaning mohiyati 
yanada aniqlashadi. Xususan,ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini bashorat 
qilishda ob’yektiv qiyinchilik va buning huquqiy normalarda aks etishi. Yuqorida 
aytib oʻtganimizdek, ijtimoiy munosabatlar juda harakatchan boʻlib, qonun ularni 
tartibga solish vositasi ekanligini hisobga olsak, u nafaqat ularning zamonaviy 
holatini tartibga solishi, balki uning “istiqboli uchun ishlashi” lozim, aks holda, 
yetarlicha davomli huquq ijodkorligi tartib-taomillari oʻzgarishlarga darhol javob 
berishga imkon bermasligi tufayli eskirib qoladi. Ijtimoiy munosabatlarning 
kelajakdagi 
rivojlanishini 
pragnoz 
qilish, 
zamonaviy 
dunyoda 
ularning 
tendensiyalarini aniqlash juda qiyin boʻlib, bu masala u yoki bu hodisa 
rivojlanishining oʻzgaruvchanligi, uning rivojlanishidagi aniq yoʻnalishning mavjud 
emasligi bilan xarakterlanadigan yangilanish ta’siriga, norma ijodkoriga qiyinchilik 
tugʻdiradigan yangi ijtimoiy munosabatlarni yaratadigan ilmiy kashfiyotlar, 
texnologiyalar rivojining tezkorligiga bogʻliq.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish